Bolalarni nazorat qiluvchi telefon

Yaqinda yaratilgan “Snowfox” nomli GPS telefon ota-onalarga farzandini nazorat qilish uchun yaqindan ko‘mak bera oladi.

Yangi ekransiz telefon bola bilan aloqada bo‘lib turish uchun juda qulay uskuna sanaladi.

Gadjet “Snowfox” nomi ostida nomlanib, unda GPS qurilmasi mavjud. Bu esa ota-onalar bolalarining qayerda ekanliklarini osongina bilib olishlari bilan birga, ularni mumkin bo‘lgan yoki ta’qiqlangan hududda ekanliklaridan boxabar bo‘lishga ko‘maklashadi. Bola mumkin bo‘lmagan hududga o‘tib ketsa, gadjet bolaning ota-onasiga avtomat ravishda xabar beradi.

Qurilma nam o‘tkazmaydigan – 2x2 dyum (5x5 santimetr) hajmga ega “trackerphone” korpus bilan qoplangan bo‘lib, u ko‘k va pushti ranglarda ishlab chiqarilmoqda. Mikro USB orqali quvvat oluvchi mazkur telefon batareykasining quvvati bir haftagacha yetadi.

Spiker va mikrofon telefon bilan muloqotda bo‘lishga, 3G va 2G internet xizmatidan bepul foydalanishga ko‘maklashadi.

 

Oqila QAHHOROVA

Yana o‘qing:  O‘zbekiston va Rossiya onkologiya ilmiy markazlari o‘zaro memorandum imzoladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: