“Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi – 2017” ko‘rik-tanlovida g‘olib bo‘lishni istovchilar uchun

Xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan fan o‘qituvchilari orasidan ilg‘or, tashabbuskor va fidoyi o‘qituvchilarni aniqlash, ularning ijodiy faolligini oshirish, yoshlarni barkamol shaxs etib tarbiyalashga munosib hissa qo‘shayotgan, o‘quv-tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalardan unumli foydalanib, samarali natijalarga erishayotgan o‘qituvchilarning ish tajribalarini ommalashtirish maqsadida an’anaviy “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” respublika ko‘rik-tanlovi har yili  o‘tkazib kelinadi.

Ushbu tanlovga tayyorgarlik ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, barcha ishtirokchi o‘qituvchilarga tayyorgarlik jarayonlarida qulaylik yaratish uchun ZiyoNET portaliga birinchi marta tanlovga mo‘ljallab tuzilgan test namunalari joylashtirildi. Bu haqda ZiyoNET portalida xabar berilgan.

Hozir portal orqali quyidagi fanlardan test yechish mumkin:

 

Hurmatli ishtirokchi ustozlar!

Portalga joylashtirilgan barcha tegishli ma’lumotlar faqat Sizlar uchun. ZiyoNET orqali testlarni yeching va o‘z bilimingizni sinab ko‘ring!

Testlarni yechish uchun birgina talab – id.uz – yagona identifikatsiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tishdir. (Quyida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma beriladi).

Barchangizga omad yor bo‘lsin!

 

Eslatma: Mazkur test savollari Respublika ta’lim markazidan olingan. Test savollari va javob variantlari yuzasidan mulohazalarni quyidagi manzilga yuborishingiz maqsadga muvofiq:

e-mail: rtm@xtv.uz
Tel:      0 (371) 245-72-13

 

Qo‘shimcha ma’lumotlar bilan ushbu havola orqali tanishasiz.

Yana o‘qing:  “Qiymali sharcha” taomi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: