Qizil piyozni nima sababdan ovqat ratsioniga kiritish kerak?
- Piyoz saraton xavfini oldini oladi. Uning tarkibida ko‘p miqdorda oltingugurt moddasi bor, u saraton, yara kasalliklarini oldini olishda muhim sanaladi.
- Piyoz diabetda ham foydali. Xom piyoz insulin moddasi ishlab chiqarilishini faollshtiradi, agar siz diabetdan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz albatta piyoz iste’mol qiling.
- Ichaklar mikroflorasini faoliyatini tiklaydi. Tomoq og‘rig‘ida shifo beradi. Xalq tabobatida piyoz sharbati O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiyalar)da ham yaxshi samara beradi.
- U burun qonashiga qarshi yaxshi ko‘makchi. Yurak salomatligini mustahkamlaydi.
- Qizil piyoz ishemik kasalliklarda va qon bosimini me’yorlashtirishda yaxshi samara beradi. Qondagi xolesterin moddasini nazorat qiladi.
Xurshida HUSENOVA