Istiqbolli loyiha

Fransiya Respublikasining Versal akademiyasi qoshidagi Serj Pontuaz pedagogika oliy maktabi (ESPE) xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Paskal Buassonne va xodimlari Izabel Lorua, Mod Kerfornelar bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zMU rektori Avazjon Marahimov xorijlik mehmonlarga Milliy universitetimiz tarixi va uning mamalakatimiz ilm-fani taraqqiyotiga qo‘shib kelayotgan hissasi, bugungi kundagi xalqaro hamkorlik aloqalari haqida so‘zlab berdi.

O‘z navbatida Paskal Buassonne xonim ERASMUS+ xalqaro almashinuv loyihasi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlari haqida ma’lumot berdi. Jumladan, ta’lim sohasida ishlashni rejalashtirgan fransuz tili bo‘yicha bo‘lajak mutaxassislar, ya’ni, talabalar (asosiy va ikkinchi chet tili sifatida) mobillik dasturini davom ettirishlari mumkinligini ma’lum qildi. Bu borada o‘qituvchilar ham mobillik dasturini davom ettirishda ishtirok etishlari mumkin.

O‘zaro suhbat davomida Fransiyaning Serj Pontuaz pedagogika oliy maktabi (ESPE) va O‘zMU o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirish yuzasidan fikrlar almashildi.

 

Gulbahor Olimova

Yana o‘qing:  “Toshkent open – 2017”: tennischilarimiz mag‘lubiyat bilan boshlashdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: