Kimlar davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qilinadi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5 fevraldagi 31-sonli Qarori bilan shaxslarni (bemorlarni) davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qiluvchi kasalliklar ro‘yxati va tibbiyot muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qilinadigan shaxslar (bemorlar) toifalari tasdiqlangan.

A. Statsionar sharoitda davolash-profilaktika muassasalarida  ovqatlanish to‘lovidan ozod qilingan kasalliklar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:

  1. OIV kasalligini yuqtirganlar (OITS).
  2. Onkologik kasalliklar.
  3. Ruhiy kasalliklar.
  4. Yuqumli kasalliklar.
  5. Giyohvandlik kasalliklari.
  6. Endokrinologik kasalliklar.
  7. Nurlanish kasalligiga chalingan bemorlar.
  8. Moxov kasalligi.
  9. Sifilis.
  10. Sil kasalligi.
  11. Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish chog‘ida bemorlarning shifoxonada bo‘lishi cheklangan muddatlarining tasdiqlangan standartlari bo‘yicha reanimatsiya tadbirlarini va intensiv terapiyani talab etuvchi kasalliklar va holatlar.
  12. Darajasidan qat’i nazar, kamqonlik kasalligiga chalingan homilador ayollar va tuqqan ayollar.

Izoh: ushbu ro‘yxat tibbiy yordam pulli asosda ko‘rsatiladigan tibbiyot muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari (o‘z mablag‘lari) hisobiga moliyalashtirish shartlarida faoliyat ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalariga, ularning bo‘limlariga yoki palatalariga tatbiq etilmaydi.

B. Tibbiyot muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qilinadigan shaxslar (bemorlar) toifalariga quyidagilar kiradi:

  1. I va II guruh nogironlar.
  2. Bolalikdan nogironlar.
  3. 1941 — 1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar.
  4. Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan — nogiron shaxslar.
  5. 1941 — 1945 yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari.
  6. Baynalmilalchi jangchilar.
  7. Chin yetimlar.
  8. Vakolatli organlarda hisobda turuvchi yolg‘iz pensionerlar.
  9. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari.
  10. Chaqiriq komissiyalari xulosalariga ko‘ra mudofaa ishlari bo‘limlarining yo‘llanmalari bo‘yicha 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan chaqiriq yoshidagilar.
  11. “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” (“Pochetni’y donor Respubliki Uzbekistan”) ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar.
  12. 1 yoshgacha bolasi bo‘lgan emizikli onalar.

Izoh: ushbu ro‘yxat tibbiy yordam pulli asosda ko‘rsatiladigan tibbiyot muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari (o‘z mablag‘lari) hisobiga moliyalashtirish shartlarida faoliyat ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalariga, ularning bo‘limlariga yoki palatalariga tatbiq etilmaydi.

Ushbu Hukumat Qarori bilan davolash-profilaktika muassasalarida ovqatga pul to‘lash tartibi qabul qilingan va bemor o‘z hohishiga binoan ovqatlanishi uchun (nonushtadan tashqari) pul to‘lashi yoki ovqatlanishga pul to‘lashdan qisman yoki butunlay bosh tortishi mumkin. Bemorning ovqatga pul to‘lashdan bosh tortishi davolash muassasasiga qabul qilmaslik uchun asos bo‘lishi mumkin emas.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 22 iyuldagi 204-sonli Qarori bilan ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar toifalari ro‘yxati tasdiqlangan.
  2. Onkologik kasalliklarga chalinganlar.
  3. Sil kasalligiga chalinganlar.
  4. Moxov kasalligiga chalinganlar.
  5. Endokrinologik kasalliklarga (qandli va qandsiz diabetga) chalinganlar.
  6. Ruhiy kasalliklarga chalinganlar.
  7. OIV kasalligini yuqtirganlar.
  8. Yurak klapanini protezlash va organlarni ko‘chirish yuzasidan operatsiya qilingan shaxslar.
  9. O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar.
  10. 1941—1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar.
  11. 1941—1945 yillardagi urush mehnat fronti qatnashchilari.
  12. Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan — nogiron shaxslar.
  13. Baynalminalchi jangchilar.
  14. Harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro ob’yektlarida o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar.
  15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 26 fevraldagi PF-3214 sonli Farmoniga asosan ixtisoslashtirilgan akademik V.Voxidov nomidagi xirurgiya, urologiya, ko‘z mikroxirurgiyasi va kardiologiya markazlarida maxsus yo‘llanmalarga (orderlarga) asosan davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga bepul davolanadigan quyidagi imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxati belgilangan:
Yana o‘qing:  Ulug‘ kasb egalari sharaflandi

bolalikdan nogironlar;

chin yetimlar;

I va II guruh nogironlari;

1941-1945 yillar urush nogironlari va qatnashchilari, hamda ularga tenglashtirilganlar;

yoshga oid ishlamaydigan pensionerlar;

1941-1945 yillar mehnat fronti qatnashchilari;

Chernobil AES halokatini bartaraf etishda qatnashgan nogironlar;

baynalminalchi jangchilar;

fuqarolar o‘z-o‘zini boshqarish organlarida moddiy yordam oluvchi kam ta’minlangan oila a’zolari.

Ushbu imtiyozlarga ega bo‘lgan bemorlarni Markazlarda davolanishlari uchun maxsus yo‘llanmalar (orderlar) hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari tomonidan beriladi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 21 maydagi 145-sonli “Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Respublika ftiziatriya va pulmonologiya hamda pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida barcha tibbiy xizmatlar bepul ko‘rsatiladi. Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya hamda terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga quyidagi imtiyozli toifadagi shaxslarga bepul tibbiy yordam ko‘rsatiladi:

15 yoshgacha bo‘lgan bolalar;

chin yetimlar,

I va II guruh nogironlari;

bolalikdan nogironlar;

1941-1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;

1941-1945 yillardagi urush davrida mehnat fronti qatnashchilari;

yoshiga ko‘ra ishlamayotgan pensionerlar;

Chernobil AESdagi avariyani bartaraf etishda qatnashgan shaxslardan nogironlar;

baynalminalchi jangchilar;

15-17 yoshdagi o‘smirlarni va chaqiruv komissiyalari yo‘llanmalari bo‘yicha chaqiriq  yoshidagi (18-27 yashar) shaxslarni tekshirish va davolash;

fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlaridan nafaqa oladigan kam ta’minlangan oilalardagi shaxslar.

Respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha patologiyali homilador ayollarga, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mavjud o‘rinlar fondi va markaz poliklinikasi davolash quvvatining 20 foizigacha miqdorida, Respublika endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha endokrin kasalliklardan azob chekadigan bemorlarga mavjud o‘rinlar fondi va markaz poliklinikasi davolash quvvatining 30 foizigacha miqdorida maxsus yo‘llanma (order) asosida bepul xizmat ko‘rsatiladi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 18 martdagi “Hududiy sog‘liqni saqlash muassasalarining tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 48-sonli Qaroriga asosan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga bepul tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli shaxslar ro‘yxati belgilangan:

g‘irt yetimlar,

Yana o‘qing:  Qalb hamdamim o‘zingsan, bolam...

I va II guruh nogironlari;

bolalikdan nogironlar;

1941-1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;

1941-1945 yillardagi urush davrida mehnat fronti qatnashchilari;

yoshiga ko‘ra ishlamayotgan pensionerlar;

Chernobil AESdagi avariyani bartaraf etishda nogiron bo‘lgan shaxslar;

baynalminal jangchilar;

fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlaridan nafaqa oluvchi kam ta’minlangan oilalar a’zolari;

ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarga chalingan shaxslar;

chaqiruv komissiyalari yo‘llanmalari bo‘yicha 15-17 yoshdagi o‘smirlar va chaqiriq  yoshidagi (18-27 yashar) shaxslar.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 26 fevraldagi 55-sonli Qaroriga asosan davolash-profilaktika muassasalarida ko‘rsatilayotgan servis xizmatlarini rivojlantirish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirining 2016 yil 2 avgustdagi 340-sonli buyrug‘i bilan tizimda qo‘shimcha pullik servis xizmatlari joriy etildi va ushbu xizmatlar bemorlarga ularning hohishiga asosan ko‘rsatiladi.
  2. O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” Qonuniga asosan aholini tegishli axborot va ma’lumot bilan ta’minlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i bilan barcha tibbiyot muassasalarida pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish tartib va qoidalari, xizmat turlari va narxlari aks ettirilgan axborot burchaklari bo‘lishi kerak.

Pullik tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi barcha muassasalar Sog‘liqni saqlash vazirligi yoki hududiy boshqarmalar tomonidan berilgan ruxsatnomalarga ega bo‘lishi lozim. Pullik tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarda fuqarolar bilan shartnoma tuzilishi va ularga pul to‘langanligi to‘g‘risida kvitansiya berilishi lozim.

 

O‘zbekiston Respublikasi

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: