Davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar doirasiga qaysi tibbiyot muassasalari kiradi?

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasiga asosan davlat davolash-profilaktika muassasalari tomonidan aholiga kafolatlangan tibbiy va boshqa turdagi yordam bepul ko‘rsatiladi. Davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmidan tashqari xizmatlar qo‘shimcha hisoblanadi va belgilangan tartibda pul to‘lash orqali amalga oshiriladi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 noyabrdagi PF-2107 sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat Dasturi”ga asosan davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar doirasiga quyidagilar kiradi:
  2. Shoshilinch, kechiktirib bo‘lmaydigan tez tibbiy yordamning barcha turlari bepul ko‘rsatiladi.
  3. Sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida va bir qator davlat davolash-profilaktika muassasalarida, birinchi navbatda qishloq joylardagi tibbiyot muassasalarida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, jumladan:

qishloq va mahalla vrachlik punktlari;

qishloq uchastka shifoxonalari;

tuman va shaxar oilaviy poliklinikalari;

tuman va shahar markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalari;

tuman va shahar tibbiyot birlashmalari (xo‘jalik xisobidagi reabilitatsiya va sog‘lomlashtirish bo‘limlaridan tashqari).

  1. Aholini yuqumli kasalliklarga qarshi immunizatsiyalash va emlash;
  2. Ijtimoiy axamiyatga ega va atrofdagilar sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi sil, xavfli o‘sma, ruhiy, narkologik, endokrinologik, hamda kasb kasalliklariga duchor bo‘lgan shaxslarga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish, jumladan:

ruhiy va ruxiy-asab kasalliklarni davolash muassasalari (dispanserlar, shifoxonalar, markazlar va sixatgoxlar);

sil kasalliklarni davolash muassasalarida (klinikalar, dispanserlar, shifoxonalar va sixatgoxlar);

onkologik kasalliklarni davolash muassasalari (klinikalar, dispanserlar, markazlar va shifoxonalar);

teri-tanosil kasalliklarni davolash muassasalari (xo‘jalik xisobidagi teri kasalliklarini davolash bo‘lim, o‘rinlaridan tashqari);

endokrinologik kasalliklarni davolash muassasalarida (klinikalar, dispanserlar va shifoxonalar);

narkologik kasalliklarni davolash muassasalarida (dispanser va shifoxonalar);

kasb kasalliklarni davolash muassasalarida (markazlar va bo‘limlar);

leprozoriylar;

OITS-markazlari.

  1. Bolalarni tekshiruvdan o‘tkazish va davolash (pullik muassasalardan tashqari), jumladan:

bolalik muassasalari (shifoxonalari, sixatgoxlari, poliklinikalari, markazlari,  bog‘chalari va bo‘limlari);

tug‘ruq muassasalari – xo‘jalik xisobidagi ginekologik bo‘limlardan tashqari (akusherlik komplekslari, tug‘ruq bo‘limlari, perinatal markazlar) va onalik va bolalik muassasalari (“Ona va bola”, skrining markazlari).

15-17 yoshdagi o‘smirlarni, hamda chaqiruv komissiyalarining yo‘llanmalari bilan chaqiriq yoshidagi (18-27 yosh) shaxslarni tekshiruvdan o‘tkazish va davolash;

  1. Homiladorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish (pullik muassasalardan tashqari), jumladan:

Yuqumli kasalliklar muassasalarida (klinikalar, shifoxonalar, markazlar va bo‘limlar).

  1. Bemorlarning imtiyozli toifalariga (nogironlar, urush faxriylari, g‘irt yetimlar va boshqalar) bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish.
Yana o‘qing:  “TOSHKENT OPEN – 2012”: ULKAN IMKONIYATLAR BELLASHUVI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: