Smartfonni quvvatlaydigan termos

“Indiegogo” platformasida krujka shaklidagi issiqlikdan quvvat oladigan “Muggino” nomli smart-termos yaratildi.

Ushbu termos suyuqlikni foydalanuvchi belgilangan haroratda saqlash xususiyatiga ega. Qurilmaga haroratni 70 darajada saqlash buyurilsa, quvvatlanish tugaguncha yoki boshqa harorat birligi ko‘rsatilguncha termos suyuqlikni so‘ralgan haroratda ushlab turadi. Haroratni saqlash diapazoni Selsiy bo‘yicha 0 dan 99 darajagacha.

Kerakli harorat mobil ilova yordamida sozlanadi. Termosning sig‘imi 355 ml. bo‘lib, asosiy korpus va termos idish orasiga Bluetooth-modul, akkumlyator va termoelektrik generator joylangan. Generator suyuqlikdan chiqadigan issiqlikni elektr energiyasiga aylantiradi. Batareyani avtomatik ravishda quvvatlantiradi. Shuningdek, USB-slot yordamida termosni quvvat tarmog‘idan ham amalga oshirish mumkin.

 

G. EGAMBERDIYEVA

Yana o‘qing:  Yoshartiruvchi niqoblar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: