Vasiylik va homiylik necha yoshgacha?

Qonun hujjatlarida vasiylik va homiylik necha yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan belgilanishi ko‘zda tutilgan?

Nigora SALOYEVA,

Toshkent shahri

Vasiylik va homiylik – ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ularga ta’minot, tarbiya hamda ta’lim berish, shuningdek, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy shaklidir. Vasiylik o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan, homiylik esa o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan belgilanadi. “Bola huquqlarining kafolatlari” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 11-moddasining “Bolaning himoyaga bo‘lgan huquqiy kafolatlari” to‘g‘risidagi bandida ushbu masala belgilab qo‘yilgan.

 

Savolingizga Shayxontohur tumani 2-sonli davlat notarial idorasi notariusi Kamola JO‘RAYEVA javob berdi.

Yana o‘qing:  Xushxabar, raqamlar (2015-28)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: