Yaxshi yashash yanada yaxshi

imtiyozli kreditga arzon uy-joylar qanday olinadi?

Har bir inson ijtimoiy ahvolidan kelib chiqqan holda o‘z orzularini amalga oshirishga intiladi. Kimdir avtomobil olishni orzu qilsa, yana kimdir o‘zining shaxsiy uyi bo‘lishini istaydi.

Hozirda yurtimizda aholini ijtimoiy himoya qilish, jumladan, ularni arzon uy-joy bilan ta’minlash borasida ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, kam ta’minlangan fuqarolar, uy-joyi nosoz holatda bo‘lgan oilalarga arzon uy-joy krediti olish uchun qator imkoniyatlar yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 noyabrdagi “2017–2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq poytaxtimiz hamda viloyat markazlarida ijtimoiy yo‘nalishda uy-joyga zarurati bor oilalar uchun turar-joy binolari qurilishi boshlab yuborildi.

Xo‘sh, arzon ko‘p kvartirali uylar kimlarga beriladi?

Uy-joyini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxslarni biriktirish hududiy komissiyasi tomonidan quyidagi holatlar mavjud bo‘lgan oilalarga beriladi.

– O‘z uy-joyining yo‘qligi va ijarada, bepul foydalanish shartlarida turar joyda yoki eskirgan uylarda yashayotgan bo‘lsa,

– bir uyda (bir kvartirada) boshqa oila yoki boshqa oilalar bilan birgalikda yashayotgan bo‘lsa,

– ko‘p bolali oilalarga,

– ona(ota)ning to‘liq bo‘lmagan oilada bolalari bo‘lsa,

– ariza beruvchining oila a’zolari orasida surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi va qonunchilikka ko‘ra alohida xonada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxslarning mavjudligi,

– oila tarkibida birinchi guruh nogironi bo‘lsa.

Ko‘p xonadonli uylardan uy sotib olish uchun turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxs hududiy komissiyasiga ariza, uning moliyaviy holatini tasdiqlaydigan hamda o‘rnatilgan mezonlarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar to‘plamini topshirishi darkor.

– Aholiga uy joy sotib olish uchun beriladigan ipoteka kreditining ikki xil turi mavjud bo‘lib, birinchisi yosh oilalarga, ikkinchisi oddiy oilalarga beriladigan kreditlar, – deydi “Ipoteka bank”ning iste’mol kreditlari bo‘limi boshlig‘i Afzaljon Sharifjonov. – Yosh oila turkumiga kirish uchun Prezident farmoniga asosan er va xotin ham 31 yoshga to‘lmagan bo‘lishi kerak. Hozirda oddiy oilalar uchun ham foiz stavkasini kamaytirish chora-tadbirlari ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

 

Ch. XUSHVAQTOVA

Yana o‘qing:  Ezgulik va yaxshilik kuychisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: