Fond vakillari Bo‘ka tumani aholisi bilan uchrashdi

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi mutaxassislari aholining turmush sharoitlari, tibbiy holatini o‘rganish maqsadida Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida yashovchi aholi bilan uchrashdi. Salomatlikni tiklash borasida tibbiy va moddiy ko‘makka ehtiyojmand bemorlar va ularning yaqinlari bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazildi.

Olti nafar tug‘ma yurak nuqsonli bolalarning xastalik holatiga qarab, fond ko‘magida yurtimizdagi klinikalarda va xorijiy tibbiyot muassasalarida jarrohlik operatsiyasi yo‘li bilan sog‘lomlashtirishga imkon yaratildi. Besh nafar bemorga nogironlik aravachalari, tayanch uskunalari – hassa va qo‘ltiq tayoqlar fond tomonidan bepul taqdim qilinadigan bo‘ldi. Tuman hokimligi, tuman tibbiyot birlashmasi mutasaddilari ishtirok etgan mazkur tadbirda bir qator bemorlarga hududiy shifoxonalarda davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining Toshkent viloyati hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy brigadasi shifokorlari Yo‘ldosh Hojimetov nomidagi qishloq vrachlik punktida hududdagi mahallalar aholisini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Ehtiyojmand oilalarga bepul dori-darmon vositalari va kiyim-kechaklar tarqatildi.

Yana o‘qing:  13 nafar bola Germaniyada davolanib qaytdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: