Ko‘p kitob o‘qish uchun 10 sabab

  1. Fantaziyangizni boyitadi

Kitob o‘qish jarayonida muallif tasvirlagan turli manzaralar xayolingizda gavdalanadi. Bunda borgan sari tasavvuringiz boyib boradi.  

 

  1. Kino ko‘rishdan kitob o‘qish afzal

Eng yaxshi kinozal bu sizning qo‘lingizda turgan kitob. Gollivudning hech bir professional rejissyori siz o‘qiyotgan kitobdagi manzarani tasavvuringizdagidek tasvirlab bera olmaydi.

 

  1. Insonlar haqida ko‘proq bilish mumkin

Yaxshi yozilgan kitobda qahramonlarning fe’l-atvori aniq ochib beriladi. Bu sizga insonni tushunish yoki ma’lum vaziyatlarda inson o‘zini qanday tutishi kerakligini anglashingizga ko‘mak beradi

 

  1. Yangi malakalarga o‘rgatadi

Siz turli mavzularda mashhur ilmiy adabiyotlarni izlab topishingiz mumkin. Ushbu kitoblar orqali esa dasturlash tizimidan tortib pazandalik mahoratigacha turli ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

 

  1. Aqlni charxlaydi

Har bir o‘qilgan kitob sizga yangi bilim beradi. Shunday ekan, o‘zingiz bilmagan holatda kundan-kun  aqlingiz rivojlanib boradi.

 

  1. Masalaga turli tomondan nazar solishga o‘rgatadi

Turli kitoblarni o‘qish sizni mulohazakor bo‘lishga undaydi. Har bir voqeaga turli tomondan nazar tashlashga o‘rgatadi.

 

  1. Shubhalarni ishonchga aylantiradi

Vaqt o‘tgani sari g‘oyalar ortga surilib boradi. Orzularingiz ushalishiga ishonchning yo‘qolishi to‘sqinlik qiladi. Kitob esa sizga qilayotgan ishingizning qay darjada to‘g‘ri yohud noto‘g‘ri ekanligini  yana bir bor bilishingiz imkoniyatini yaratadi.

 

  1. Dunyoqarashni kengaytiradi

Turli mavzularda o‘qilgan kitoblar insonni har tomonlama mulohaza yuritishga chorlaydi.

 

  1. Qiziqarli suhbatdosh bo‘lishingizga ko‘maklashadi

Mutolaa qilingan turli kitoblar sizni bilimdon qiladi. Natijada siz insonlar bilan har xil mavzuda bemalol suhbat qura olishingizga zamin hozirlaydi.

 

  1. Boshqalarning tajribasidan foydalanishingiz mumkin

Ko‘pincha kitob mualliflari uni yaratishda bir necha yillik hayot tajribalariga tayangan holda o‘z g‘oyalarini olib chiqishadi. Siz esa bu g‘oyalarni bir necha soatlar ichida o‘zlashtirib olishingiz mumkin.

 

Xurshida HUSENOVA

Yana o‘qing:  Temurbekning bolaligi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: