Grechkali kokletlar
Zarur mahsulotlar: 500 gr. qiyma, 250 gr. grechka, 1 dona tuxum, 1 dona piyoz, 200 gr. tomat, ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar kerak bo‘ladi.
Tayyorlanishi: grechkani suvda pishirib olinib qiymaga qo‘shiladi. Qirg‘ichdan chiqarilgan piyoz va ziravorlar qo‘shib pishitiladi. So‘ngra mayda kokletlar tayyorlanadi. Tovaga yog‘ solib kokletlar ikki tomoni qizarguncha qovurib olinadi. Kokletlarni dasturxonga tortishdan avval uni sousda pishirib olish kerak.
Buning uchun: mayda kubik qilib to‘g‘ralgan piyozni yog‘da qizartirib olinib so‘ngra tomat solib qovurishda davom etiladi. Sousga suv solib 5-7 daqiqa davomida qaynatiladi.
Sous tayyor bo‘lgach kokletlarni uni ichiga solib 20 daqiqaga dimlaniladi. Dasturxonga tortishdan oldin ko‘katlar bilan bezatishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!
BEGOYIM