Go‘zal sochlar siri

Barchaga ma’lumki, hind ayollari sochining uzunligi, sog‘lomligi va go‘zalligi bilan doimo jahon xalqlari diqqat e’tiborida bo‘lib kelgan. Sochlaringiz go‘zal va sog‘lom bo‘lishi uchun bu borada ular tomonidan berilgan tavsiyalar bilan tanishtiramiz.

  

Sovuq suv

Sochlaringizni yuvib bo‘lgach, ularni biroz sovuq suv bilan chaying. Bu bosh terisidagi qon aylanishini yaxshilaydi. Shu sabab sochlar tez o‘sadi, ularning to‘kilishi kamayib, jilolanib turadi. Sochlaringiz uchun niqob va konditsionerdan foydalanib bo‘lgach ham ushbu muolajani bajarishingiz mumkin..

 

Aloe

Aloening foydali xususiyatlari haqida juda ko‘p eshitganmiz. Undan sochni parvarishlashda ham foydalanish mumkin. Niqob tayyorlash uchun aloe barglarini kesib yaxshilab aralashtirilib, sharbati siqib olinadi. Sharbatni yaxshilab yuvilgan bosh terisi va soch ildiziga surish mumkin. Muolaja davomiyligi 2 soatdan kam bo‘lmagan muddatga mo‘ljallangan.

 

Olma sirkasi

Bir oyda ikki marta olma sirkasi aralashtirilgan suvda sochlaringizni chayib turing. U soch ildizini mustahkamlaydi hamda uning o‘sishiga zamin yaratadi.

 

Tuxum oqi

Sochlar protein bilan oziqlanadi. Bu kabi niqobni tayyorlash uchun xona haroratida turgan 2 dona tuxum oqi kerak bo‘ladi. Uni soch ildiziga surtamiz. Tuxum oqining ta’sir xususiyati oshishi uchun niqob surilgach sochlarni o‘rab qo‘yishingiz mumkin.

 

Efir moyi

Soch uchun bodom, lavanda, rozmarin va kunjut moyi juda foydalidir. U soch follikulalarining sog‘lomlashtiradi hamda ko‘pgina foydali xususiyatlarga egaligi bilan ahamiyatlidir.

 

Xurshida HUSENOVA

Yana o‘qing:  Qalqonsimon bez yaxshi ishlashi uchun 6 maslahat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: