Mukofotga munosib gulchehralar

Mamlakatimizning iqtidorli, ilg‘or qizlariga bahorning ilk kunlarida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini topshirish odat tusiga kirganligi biz ayollar, onalar qalbiga faxr va g‘urur baxsh etadi.

6 mart kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2013 yilgi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlariga O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Yozuvchilar uyushmasi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi kabi qator tashkilotlarning sovg‘alarini topshirish, sovrindorlarning yutuqlarini yoshlarga keng targ‘ib etish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur mukofot iqtidorli qizlarimizning adabiyot, madaniyat, san’at, fan va ta’lim yo‘nalishlaridagi yutuqlarini rag‘batlantarish uchun 1999 yilda ta’sis etilgan. Bugungi kunda sovrindorlarning yuz nafardan ziyodi umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari hamda oliy o‘quv yurtlarida tahsil olmoqda.

Ularning o‘ttiz nafari vazirlik, idora va tashkilotlarda, o‘n nafari siyosiy partiyalarda, o‘n nafari oliy o‘quv yurtlarida, yigirma nafari markaziy va xududiy matbuot nashlarida faoliyat yuritmoqda. Yetti nafari Prezident stipendiyasi, o‘n nafari Navoiy, Ibn Sino stipendiyalari sovrindorlari, yigirma nafari sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston, Osiyo va jahon chempionlaridir.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va hududiy qo‘mitalar qoshida faoliyat olib borayotgan “Iqtidorli qizlar” klubi tomonidan sovrindor qizlar faoliyati monitoring qilinib, keyingi faoliyatida yaqindan ko‘mak berib kelinmoqda. 2012 yil davomida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi tomonidan mukofot mohiyatini hamda sovrindorlarning yutuqlari va ibratli jihatlarini targ‘ib etish maqsadida qator tadbirlarning o‘tkazilganligi fikrimizga misol bo‘la oladi.

Bu yil ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy komissiyalari tomonidan beshta yo‘nalish bo‘yicha 300 nafarga yaqin iqtidorli qizlar orasidan o‘n to‘rt nafari aniqlab olindi. Ular o‘zlari tanlagan sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha Osiyo va O‘zbekiston chempionlari, jahon chempionatlari sovrindorlari, fan olimpiadalari hamda respublikamizda o‘tkazilayotgan turli ko‘rik-tanlovlarning g‘olibalari bo‘lishgan. Umuman sovrindor qizlarimizning safi 196 nafarga yetgani qalbimizga shukuh bag‘ishlaydi. Ushbu mukofot albatta qizlarimizga kelajakdagi o‘qishlari va ish faoliyatlarida katta mas’uliyat yuklaydi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan har bir qizimizning ilg‘or ish faoliyati, namunali xulqi va o‘qishdagi a’lo yutuqlari bilan shu Vatan, shu yurt ertasi, yosh avlod kelajagi uchun xizmatga shay turishi shubhasiz.

Yana o‘qing:  El ishonchini oqlab

Muhabbat XO‘JAMURODOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: