Yoshlik eleksirlari
Turli xalqlar tomonidan yozib qoldirilgan ertaklarda mo‘jizaviy yoshartiruvchi ichimliklar haqida hikoya qilinadi. Bu ichimliklar insonlarga yoshlik va sog‘liqni qaytarib berish xususiyatiga ega ekanligi bilan barchani hayratga soladi.
Ertaklar ham aslida hayotdagi real voqealarga asoslanadi. Biz sizlarga ma’lumot bermoqchi bo‘lgan ichimliklarimiz nafaqat ajoyib mazasi, balki qarish jarayonini sekinlashtirish xususiyatiga egaligi bilan ham alohida ahamiyatga ega.
Kofe – saratonga qarshi vosita
Kofe – sayyoramizdagi millionlab insonlar ushbu ichimlikni sevib iste’mol qilishadi.
Kofening saratonga qarshi vosita ekanligidan xabaringiz bormi? Tadqiqotlarga qaraganda 1 finjon qahva saraton xavfining yuzaga kelishini 10 foizga kamaytiradi. Olimlarning fikriga ko‘ra bu kofeinning antikanserogen tarkibi bilan aloqador.
Ko‘k choy qarishingizga yo‘l qo‘ymaydi
Bu ichimlik yurak qon-tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi. Uning tarkibidagi ftor esa tishlarni mustahkamlab, ularni kariyesdan asraydi. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlarga qaraganda, ko‘k choy qarish hujayralarini rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Uning tarkibida uchraydigan kuchli antioksidantlar ruhiy zo‘riqishni oldini oladi.
Yurakni baquvvat qilish uchun kakao iching
Kakao qon-tomirlarda qon aylanishini yaxshilash, gipertoniya (qon bosimining ko‘tarilishi) xavfini bartaraf etishda, ateroskleroz, qandli diabet, buyrak bilan bog‘liq muaamolar va xotiraning pasayishida samarali yordam ko‘rsatadi. Ichimlik tarkibidagi flavonoidlar antikanserogen ta’sirga ega. Yana uning tarkibida rekord darajada izoflavonlar uchraydi. Bu modda terridagi kollagen (oqsil, terining tarangligi va jozibadorligi sababchisi) moddasining ishlab chiqarilishiga yordam beradi.
Qizil greypfrutlar terini silliqlaydi
Tabiiy bo‘yoqda likopinlar juda ko‘p miqdorda uchraydi. Mevalar tarkibidagi qizil bo‘yoqda esa ular shiddat bilan ishlaydi. Likopin eng kuchli antioksidant hisoblanadi. U terining qarish jarayonini sekinlashtiradi, quyosh nuridan tabiiy ravishda himoyalaydi. Terining jozibadorligini ta’minlaydi.
Sabzi sharbati – xotirani mustahkamlash uchun samarali vosita
Sabzi sharbati allergiyaga, yallig‘lanishga, xavfli o‘smalarga qarshi vosita sanaladi. Uning tarkibidagi lyuteolin moddasi organizmning qarish jarayoni bilan bog‘liq muammolarida va Alsgeymer kasalligini davolashda, parishonxotirlikda juda samarali vositadir.
Apelsin qarilikda ko‘z o‘tkirligini saqlashda samarali vosita
Sharbat tarkibida juda ko‘p miqdorda lyuteinlar mavjud. Ular ko‘z o‘tkirligi fiziologiyasida muhim ahamiyat ega. Lyutein ko‘z o‘tkirligini yaxshilaydi. Ko‘z to‘r pardasini buzilishdan himoyalaydi va ko‘z o‘tkirligini saqlab qoladi. lyutein yetishmasligi to‘r parda qatlamining buzilishiga sabab bo‘ladi. Bugungi kunda 60 yoshdan yuqori insonlarda kuzatiladigan ko‘zi ojizlik holatlari aynan ushbu moddaning yetishmasligi bilan bog‘liqdir.
Lavlagi sharbati xotirani mustahkamlaydi
Azot kislotasi va antioksidantlarga boy lavlagi sharbati haqiqiy yoshlik eleksiri sanaladi. Gipertonik kasalliklarini oldini olishda, bosh miya foaliyatini faollashtirishda ushbu sharbat o‘ziga xos o‘ringa ega.
Kuniga 8 stakan suv iching!
Teringiz jozibador va silliq bo‘lishi uchun sizga suv yaqindan yordam bera oladi. O‘z vazningiz, jismoniy faolligingiz va yil faslini inobatga olgan holda suv iste’mol qiling. Ammo kun davomida 8 stakandan kam bo‘lmagan miqdorda uni iste’mol qiling. Yetarli darajada bo‘lgan suyuqlik teri salomatligini yetarli darajada yumshoq, silliq va jozibador bo‘lishini ta’minlaydi. Shu bilan bir qatorda organizmning elektrolit balansini nazorat qiladi bu esa miya faoliyatining to‘g‘ri ishlashida samaralidir.
Xurshida HUSENOVA