Xom yong‘oq bo‘qoqni davolaydi

Yong‘oqning po‘stlog‘i, mevasi hamda bargi inson organizmi uchun foydalidir.

Uning po‘stlog‘i tarkibida oshlovchi modda, bo‘yoq va boshqa moddalar, bargida S, R va V1 vitaminlari, karotin, flavonoidlar, gidroyuglon, efir moyi, xom mevasi po‘stlog‘ida ko‘p miqdorda S darmondorisi, mag‘zida esa karotin va yog‘ bor.

Bargidan siqib olingan shirasi temiratki va boshqa teri kasalliklariga qarshi davo sifatida qo‘llaniladi. Shuningdek, bargidan tayyorlangan damlama bolalardagi raxit va diabet kasalliklarini davolashda, gijja haydovchi vosita sifatida, angina(bodomcha bezlarining yallig‘lanishi) va gingivit(milk shilliq qavatining yallig‘lanishi) kasalligida, og‘iz va tomoqni chayish uchun qo‘llaniladi. Xom mevasi gijjaga qarshi iste’mol qilinadi. Qolaversa, undan tayyorlangan murabbo qalqonsimon bez xastaligi(bo‘qoq)ni davolashda foydali hisoblanadi. Chunki, uning tarkibida ko‘p miqdorda yod moddasi mavjud.

Yong‘oq mag‘zi qorin og‘rig‘i va ko‘ngil aynishini qoldiradi. Tarkibida 50 foiz yog‘ bo‘lib, u qand kasalligiga qarshi ishlatiladigan samarali dori vositalaridan biridir. Mevasining mag‘zi ovqatning yaxshi hazm bo‘lishiga ham yordam beradi. Yoshlik quvvatini oshiradi, me’da faoliyatini yaxshilaydi.

 Agar u anjir bilan qo‘shib yeyilsa, asab va xotirani mustahkamlaydi.

Tarkibidagi mis moddasi ayollarning homiladorlik va ko‘zi yorigandan keyingi davrda tanasining terisi asl holida qolishiga yordam beradi. Uzoq turib qolib, ta’mi buzilgan yog‘ga yong‘oq mag‘zi solib dog‘lansa, uning taxirligi yo‘qoladi.

Agar uning po‘chog‘ini tolqonday tuyib, suvli yaralar ustiga sepsangiz, jarohatning tezroq tuzalishiga yordam beradi. Tomirining po‘stidan 4-8 gr. olib, qaynatib, ovqatdan so‘ng ichsangiz, me’dadagi yomon xiltlar tashqariga chiqib, qorin og‘rig‘iga shifo bo‘ladi.

 

Fazilat SA’DULLAYEVA,

1-Respublika tibbiyot kolleji katta o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Hiyla

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: