Chang‘ida uchish qaddi-qomatingizni to‘g‘ri shakllanishiga yordam beradi

Mutaxassislar bolalarni chiniqtirishda, salomatligini mustahkamlashda, qishki sport turlari koni foyda ekanligini ta’kidlashadi. Bunda kattayu kichikni o‘ziga maftun qilib, ham ishqibozlar, ham professional sportchilarga manzur bo‘layotgan chang‘ida uchish sporti alohida e’tiborga loyiq.

Hulkar ZOIROVA, pediatr:

– Chang‘ida uchish xavfli sport turlaridan biri bo‘lib, mutaxassislar u bilan shug‘ullanish jarayonida jarohat olish ehtimoli yuqoriligini ta’kidlashadi. Bu sport turi mutlaqo sog‘lom insonlarga tavsiya etiladi. Tog‘ yon bag‘rlarida ushbu sport turi bilan shug‘ullanayotgan odamning organizmi katta shaharlarda tanqis bo‘lgan kislorodga to‘yinadi, tanada moddalar almashinuvi yaxshilanadi. Qolaversa, chang‘ida uchish qaddi-qomatni to‘g‘ri shakllanishiga yordam beradi. O‘sayotgan bolaning tayanch-harakat tizimi uchun bu nihoyatda muhim. Ushbu sport turi mavsumiy bo‘lishiga qaramay, yil davomida bir necha oy mashq qilish ham inson salomatligiga benazir ta’sir qiladi.

Shu o‘rinda aytish kerakki, tananing barcha a’zolari yaxshi ishlashi uchun bosh miya to‘g‘ri rivojlangan bo‘lishi kerak. Chunki, organizmning barcha a’zolarini boshqaradigan muhim markazlar bosh miyada joylashgan. Chang‘ida uchish jarayonida bosh miya tog‘dagi kislorodga boy havo bilan to‘yinadi. Aynan tog‘dagi sovuq va kislorodga boy havo o‘sayotgan bolaning salomatligi bir umrga mustahkam bo‘lishiga zamin yaratadi. Asab, nafas olish, yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini oldini olish va asoratlarini davolashda juda foydali. Asosiysi, bu sport bilan faqat murabbiy boshchiligida shug‘ullanish zarur. Jarohatlarni oldini olishda texnik qoidalarga e’tibor qilish juda muhim.

 

Yevgeniy ROXIN, Qishki sport turlari assotsiatsiyasi rais o‘rinbosari:

Chang‘ida uchish bolalarni kichikligidanoq chiniqtiradi, chaqqonlikni va vestibulyar apparat – muvozanatni saqlash qobiliyatini rivojlantiradi. Ushbu sport turi bugungi kunda jahonning 100 dan ortiq mamlakatlarida taraqqiy etgan bo‘lib, yurtimiz sportchilari jahon chempionatlari, Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelishmoqda.

Chang‘ida uchish tog‘ turizmining ham bir yo‘nalishi hamdir. Bugungi kunda yurtimizning Chimyon tog‘ yon bag‘rlarida bu sport turining ko‘plab ishqibozlarini uchratish mumkin. Bolalar figurali uchishda bo‘lgani kabi 4-5 yoshdan boshlab chang‘ida uchish bilan mashq qilishlari mumkin. Professional sportchilar 30-40 yoshgacha musobaqalarda ishtirok etishadi. Uning salomatlik uchun nihoyatda foydali ekanligini, o‘zimdan misol qilishim mumkin. Hozir 67 yoshdaman, ammo haligacha chang‘ida uchishni kanda qilmayman. Boshqa sport turlarida bo‘lganidek, bunda vazn yoki qomat tuzilishida hech qanday cheklovlar mavjud emas.

Yana o‘qing:  Ibratli umr yo‘li

 

Yulduz ORTIQOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: