ABU ALI IBN SINO O‘GITLARI:

Bolalarni to‘g‘ri parvarishlash

Bolaga asal yalatib so‘ngra emizish yaxshiroqdir. Ertalab bolaga emiziladigan sutdan ona ikki yoki uch bor sog‘ib tashlab, so‘ngra bolaga emizishi kerak, ayniqsa, sutda biron ayb bo‘lsa; ko‘krak suti sifatsiz va achchiq bo‘lsa, ona ovqatlanmasdan ilgari, nahorga emizmasligi kerak.

* * *

Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo‘llamoq kerak. Biri, bolani sekin-asta tebratish, ikkinchisi, uni uxlatish uchun aytish odat bo‘lib qolgan musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badantarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo‘lgan iste’dod hosil qilinadi.

* * *

Bolaning badani qattiq va terisi kuchli bo‘lishi uchun kam tuzli namakob surtiladi. Namakobga shodana, tatim, sariq yo‘ng‘ichqa va kaklik o‘tidan bir oz qo‘shilsa juda yaxshi bo‘ladi.

* * *

Agar bolani yo‘rgaklamoqchi bo‘linsa, doya bolaning a’zolarini muloyimlik bilan silashi kerak. Shunda u, kengayishi matlub a’zolarini kengaytirib, ingichkaligi matlub a’zolarini ingichkalantirib silaydi va har bir a’zoga eng chiroyli shakl berishga urinadi.

* * *

Bola o‘rnida yotganida uning boshi tanasining boshqa bo‘laklaridan yuqori turmog‘i kerak. Bolaning yotar o‘rni uning bo‘ynini, qo‘l-oyoqlarini va umurtqa ustunini qiyshaytirib qo‘yishidan saqlanmoq kerak.

* * *

Yoz kunlari bolani o‘rtacha issiq suv bilan, qish kuni esa issiqroq, lekin kuydirmaydigan suv bilan cho‘miltiriladi. Cho‘miltirish uchun eng yaxshi vaqt bolaning uzoq uxlaganidan keyingi vaqtdir.

Bolani cho‘miltirish vaqtida uni o‘ng qo‘l bilan ushlab, chap qo‘lining bilagiga ko‘kragi bilan yotqiziladi, ammo qorni bilan emas. Cho‘miltirish vaqtida bolaning ikki kaftini uning orqasiga va oyoqlarini esa boshiga asta-sekin tegizishga harakat qiladi.

* * *

Emishdan avval bolaning ozgina yig‘lashi foydalidir. Emizishning tabiiy muddati ikki yildir.

* * *

Agar bola sutdan boshqa ov­qat yeyishni tilasa, zo‘rlamasdan asta-sekin bera boshlash kerak. So‘ngra, oldingi tishlari chiqa boshlasa, kuchliroq ovqatga o‘tkaziladi. Lekin chaynalishi qattiq narsa berilmaydi. Bolaga dastlabki ovqat emizuvchining chaynab bergan nonidir. So‘ngra suv va asal bilan yoki sut bilan non beriladi.

* * *

Bola o‘zicha yurishga yoki o‘tirishga intilishidan burun uni yurish va o‘tirishga majbur etish durust emasdurkim, ikki oyog‘iga va umurtqasiga zarar yetadi.

* * *

Ba’zi vaqtda bolada yo‘tal va tumov paydo bo‘ladi. Shunday vaqt­da bolaning boshiga ko‘p marotaba issiq suv quyilishi buyurilgan. Tiliga ko‘p asal surtiladi, so‘ngra ko‘p balg‘am qustirish uchun tilining orqasiga barmoq tegiziladi; shunda u sog‘ayadi, kasiro, behi, chuchukmiya shirasi va kallaqantdan bir miqdorda olib, yangi sog‘ilgan sut bilan bolaga ichiriladi.

* * *

Goho bolalarning quloqlari oqadi, chunki bolalarning gavdalari, ayniqsa, miyalari juda ho‘ldir. Shunday vaqtda ozgina yungni bir oz achchiqtosh yo zafaron, yoki bir miqdor soda (natrun) bilan aralashtirilgan asal va sharobga botirib quloqlarga tiqiladi.

Yana o‘qing:  Aholining turmush darajasi yanada yuksaladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: