Ajrashayotgan er-xotinning mulki qanday taqsimlanadi?

Savol: Xotinim bilan ajrim masalasi bo‘yicha sudga murojaat etgan edik. O‘rtamizda mulkiy nizolar kelib chiqyapti. Er va xotin o‘rtasida mulk teng taqsimlanishi uchun qonunda qanday belgilangan?

     

    Er va xotinning nikohiga qadar o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulki, shuningdek ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olgan mol-mulki ulardan har birining o‘z mulki hisoblanadi.

Nikoh davomida er-xotinning umumiy mulki yoki ulardan har birining mol-mulki yoxud er va xotindan birining mehnati hisobiga mol-mulkning qiymati ancha oshishiga olib kelgan mablag‘lar (kapital ta’mirlash, qayta qurish, qayta jihozlash va boshqalar) qo‘shilgani aniqlansa, er yoki xotindan har birining mol-mulki ularning birgalikdagi mulki deb topilishi mumkin.

Qimmatbaho buyumlar va zebu ziynatlardan boshqa shaxsiy foydalanishdagi buyumlar (kiyim-bosh, poyabzal va boshqa shu kabilar), garchi nikoh davomida er va xotinning umumiy mablag‘i hisobiga olingan bo‘lsa ham, ulardan foydalanib kelgan er va xotinning xususiy mulki hisoblanadi. Demak, yuqoridagi javoblarga qaraydigan bo‘lsak, sizning shaxsiy mulkingiz alohida ajratilib o‘zaro orttirgan mol-mulkingiz taqsimlanadi.

 

Savolga Toshkent shahar Mirobod tumani “Xuquqshunoslik minbari” advokatlik firmasi advokati Qaxramon Mo‘minjonov javob berdi.

 

Charos Xushvaqtova tayyorladi.

Yana o‘qing:  Qonunchilikda xotin-qizlar muhofazasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: