Yangi uylarga yangi orzular bilan

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani Uchtepa qishlog‘ida yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan yangi uylar foydalanishga topshirildi.

Bunday zamonaviy uylar qishloq ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish va aholi turmush farovonligini yuksaltirish bilan birga, odamlarda ertangi kunga ishonch tuyg‘usini yanada mustahkamlamoqda. 

Prezidentimizning 2016 yil 21 oktyabrdagi “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida barpo etilgan har biri 16 xonadonli 2 ta ikki qavatli va 10 xonadonga mo‘ljallangan 2, 3 xonali, 2 sotix tomorqa va  yordamchi inshootlariga ega bitta bir qavatli uyda 42 ta oilaning zamonaviy sharoitlarda yashashi uchun barcha qulaylik yaratilgan.

– Prezidentimiz qarori qishloq aholisini uy-joy bilan ta’minlashni yanada yaxshilashda muhim ahamiyatga ega, – deydi “Uchtepa” qishloq fuqarolar yig‘ini mas’ul kotibi Zahro Egamberdiyeva. – Zamonaviy me’morlik andozalari asosida yangilangan loyihalar bo‘yicha kurilgan arzon uylarga qishlog‘imizda talabgor ko‘p. Bunday uy-joylar ayniqsa, yosh oilalar uchun juda qulay.

Yangi uylar qishloq fuqarolar yig‘ini kengashi tavsiyasi bilan birinchi navbatda turar joyga ehtiyojmand yosh oilalarga berildi. Uylar yosh oilalarga manzur bo‘lmoqda.

– Davlatimiz rahbarining g‘amxo‘rligi bilan ko‘rkam va zamonaviy uch xonali uyga ega bo‘ldik, – deydi Shahnoza Rahmonova. – Bu yerdagi sharoitlar shahardagidan aslo qolishmaydi. Ko‘pdan buyon shunday uyda yashashni orzu qilib yurardik. Mamlakatimizda yosh oilalarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibordan minnatdormiz.

Joriy yilda viloyatda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha 908 uy-joy qurilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Jizzax shahrida 210 xonadonga mo‘ljallangan 5 ta 7 qavatli uy, 2 ta “Kamolot” uyi bunyod etiladi.

 

T.Beknazarov,

O‘zA muxbiri

 

Yana o‘qing:  Yoshlar ijodi namoyish etilmoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: