OAV vakillari uchun “Xalq salomatligi: muammo va dolzarb vazifalar” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy asotsatsiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan matbuot xizmati va OAV vakillari uchun “Xalq salomatligi: muammo va dolzarb vazifalar” mavzusida press-klub bo‘lib o‘tdi.

Ushbu ochiq muloqotda Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari va idora rahbarlari, oliy tibbiyot o‘quv yurtlari rektorlari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari direktorlari ishtrok etishdi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 7 fevral kuni sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolar va sohaning rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi. Unda asosiy e’tibor sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolarni chuqur taxlil qilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilish lozim bo‘lgan ishlar, rahbarlar mas’uliyati va shaxsiy javobgarlik kabi mavzularga qaratilgandi. Shu yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish maqsadida ush bu press-klub tashkil etildi.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasining Bosh vazirining o‘rinbosari, sog‘liqni saqlash vaziri Atxam Ikramov so‘zga chiqdi. U birlamchi tibbiyot muassalari, ayniqsa qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, tez tibbiyo yordam tizimining faoliyati xususida alohida to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari mamlakatimizning chekka hududlaridagi QVPlarda malakali mutaxassislarning yetishmayotgani to‘g‘risidagi savolga quydagicha javob berdi.

– ­Malakali mutaxassislarni chekka qishloqlardagi QVPlarga ishga jalb qilish masalasiga alohida e’tibor qaratmoqchimiz. Barchaga malumki chekka hududlardagi shifoxonalarda oliy toifali stomatolog, akusher-genikolog va yana bir qator mutaxassislar yetishmaydi. Buning chorasini topish topish maqsadida bir qancha rejalar ishlab chiqdik. Ularga o‘sha hududlarda yashab, mehnat qilishi uchun yetarlicha imkoniyatlar yaratilishi ko‘zda tutilmoqdi. Bundan tashqari tibbiyot xodimlarining oyligini boshqa kasb egalariga qaraganda yuqori qilib belgilash  rejalashtirilmoqda.

– Dori – darmon masalasida hozirda bir qancha chora tadbir ishlab chiqildi. Unda o‘zimizning mamlakatda ishlab chiqariladigan arzon va sifatli dorilarni ko‘paytirish masalasiga katta etibor qaratamiz. Bundan tashqari Davlat rahbarining 2016 yil 31 oktyabrda qabul qilingan “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorga muvofiq bu maxsulotlarni narxi ancha arzonlashtirildi.

Agarda tasdiqlangan dorilar ro‘yhati birorta dorixonada bo‘lmasa va u o‘zgacha narxda sotilayotganini guvoxi bo‘lishsa bemalol Sog‘liqni saqlash vazirligi ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilishlarini iltimos qilardik-deydi, Jalilov Xabibulla Sog‘liqni saqlash vaziriligi Bosh boshqarmasi boshlig‘i.

Yana o‘qing:  RAHBAR KADRLAR TAYYORLASH TIZIMI TAKOMILLASHMOQDA

Sog‘lom ona va bola, millat salomatligi muhim masalaridan biri bo‘lib, u davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Mazkur press-kulb yurtimizda tibbiyot sohasini yanada rivojlantirib, chinakam xuquqiy demokratik tamoyillarga asoslanib ish ko‘rishiga zamin yaratdi.

 

Charos XUSHVAQTOVA,

“Sog‘lom avlod” gazetasi muxbiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: