Tvarogli shirinlik

Zarur mahsulotlar: 3,5 stakan un, 250 gr. margarin, 2 stakan shakar, 400 gr. tvorog, 2 ta tuxum, 1 choy qoshiqda soda va vanilin kerak bo‘ladi.

Tayyorlanishi: xona haroratida eritilgan margarinni un bilan uvalanadi. So‘ngra unga shakar, soda va vanilin solib uvoq holatiga keltiriladi.

Idishga tvarog, shakar va tuxum solib quyuq massa hosil qilinadi. Pech listiga uvoqli xamirni bir tekistda sepib chiqiladi. Ustidan tvarogli massa solinib tekislanadi va ustidan yana xamir sepiladi. Qizigan gaz pechiga 180 darajada 15-20 daqiqada pishirib olinadi.

Yoqimli ishtaha!

 

Begoyim

Yana o‘qing:  Nonushtaga mazali quymoq

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: