Ovqatlanishdan so‘ng bularni qilmang!
Biz uchun ovqat tanovul qilib bo‘lgach film tomosha qilish yoki “qorin to‘ydi g‘am ketdi” qabilida cho‘zilib yotib olish odat tusiga kirgan. Ammo, biz bularning inson organizmi uchun koni zarar ekanligini bilmaymiz. Ovqat iste’mol qilgach bajarish mumkin bo‘lmagan 5 holat bilan sizni tanishtiramiz.
Chekish
Chekish inson salomatligi uchun zararli ekanligi barchaga ma’lum. Ovqatdan so‘ng amalga oshirilgan ushbu holat esa faqatgina “dard ustiga chipqon” bo‘lishi mumkin. Sigaret tarkibidagi nikotin moddasi kislorod miqdorini kamaytiradi, kislorod ovqat hazm bo‘lishi uchun muhim sanaladi. Tadqiqotlarga ko‘ra ovqatdan so‘ng chekilgan 1 dona sigaret, ovqatdan biroz keiyn 10 dona chekilgan sigaret miqdoriga teng. Bundan tashqari u o‘pka va ichaklarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan saraton xavfini oshiradi.
Uyqu
Ovqatlangandan so‘ng tez fursatda uxlash oshqozon va uyquning buzilishi bilan bog‘liq muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Sababi me’da faoliyati tunda shiddat bilan ishlaydi.
Yanin universiteti tibiyot maktabi tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra ovqat iste’mol qilgandan so‘ng bir qancha muddat o‘tib uxlaydigan insonlarda insult xavfi kam kuzatilgan.
Shunday ekan, ovqatlanishdan 2-3 soat o‘tgach uyquga yotish mumkin.
Mevalar tanovul qilish
Mevalarni iste’mol qilish uchun eng yaxshi vaqt – ovqatlanishdan oldin, och qoringa yeyishdir.
Mevalar tarkibidagi shakar organizmga singib ketishi uchun juda ko‘p vaqt talab etiladi. Ovqatdan so‘ng yeyilgan meva esa jig‘ildon qaynashiga sabab bo‘lishi mumkin.
Dush qabul qilish
Ovqatlanib bo‘lgach tezlik bilan qabul qilingan dush qo‘l va oyoqlardagi qonning tezlik bilan aylanishiga sabab bo‘ladi, natijada esa me’daga oqib keladigan qon miqdori kamayib ketadi. Bu esa ovqat hazm bo‘lishini qiyinlashtiradi va me’da bilan bog‘iq xastaliklarga sabab bo‘ladi.
Choy ichish
Ovqatlanib bo‘lgach zudlik bilan ichilgan choy temirning organizmga singib ketishiga halal beradi. Choy tarkibida dubil kislotasi oziq moddasi tarkibidagi temir va oqsil moddasi bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi.
Temirning yetishmasligi esa kamqonlikka olib keladi. Shu bilan bir qatorda, u teri qatlamining oqarib ketishi, ishtahaning pasayishi, ko‘krakda og‘riq, qo‘l va oyoqlarning muzlashi, bosh aylanishi, doimiy charchoqqa sabab bo‘ladi.
Xurshida Husenova
tayyorladi.