OYLIK YAKUNLANDI
Toshkent Aloqa kasb-hunar kollejining “Umum ta’lim” kafedrasida fevral oyi haftaligi o‘tkazildi. Kafedraga qarashli bo‘lgan fizika, biologiya, kimyo, geografiya fanlar o‘qituvchilari oylikda faol qatnashdilar.
O‘qituvchilardan faoliyat usullarini takomilliashtirish, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish uchun fizika, kimyo fanlaridan “Fakultativ” intellektual o‘yinlar tashkil etildi. Biologiya va geografiya o‘qituvchilari hafta oyligida interaktiv usulda ochiq dars o‘tdilar.
Darsda pedagogik texnologiyaning beshta – xotirani sinash, zig-zag, o‘ylab top, bingo, javobini top katakchalarni to‘ldir kabi o‘yinlardan foydalandilar. Bu tajriba o‘quvchilarni fandagi yangiliklardan xabardor qilish, darsda ularni faolligini oshirish, qiziqtirish uchun hozirgi zamonning eng qulay usullardan hisoblanadi.
Gulnoz AMINOVA,
Toshkent aloqa kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi