BAXTLI BOLALIK
Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi “Do‘stlik” madaniyat uyida “Obod turmush yili”ga bag‘ishlab tadbir bo‘lib o‘tdi.
“Obod yurtning baxtli bolalarimiz” deb nomlangan ijtimoiy-ma’naviy tadbirda tumanning “Oqtepa”, “Do‘stlik” kabi mahallalari faollari, tumandagi ta’lim maskanlari o‘quvchi-yoshlari, talabalar ishtirok etishdi. Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi Shavkat Azimjonov o‘z so‘zida, tumanda yosh avlodning har tomonlama barkamol bo‘lib kamolga yetishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bu borada olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi. Karate bo‘yicha jahon chempioni Mariya Kim ham so‘zga chiqib, yurtimizda bolalar sportiga qaratilayotgan e’tibor haqida aytib o‘tdi. Tadbir so‘nggida “Nihol” mukofoti sovrindorlari ijrosidagi konsert dasturi yig‘ilganlarni xushnud etdi.
Mehrixon ORTIQOVA,
Yunusobod tumanidagi Xorijiy tillar akademik litsey o‘quvchisi