Tibbiyot muassasalari deyarli 84 million dollarlik asbob-uskunalar bilan jihozlanadi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot muassasalarini zamonaviy yuqori texnologiyali asbob-uskunalar bilan jihozlashda davom etmoqda.
Rejalashtirilgan muassasalar ro‘yxatiga shahar, tuman tibbiyot birlashmalari va oilaviy poliklinikalar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari qoshida joylashgan klinikalar va respublika klinikalari kiritildi.