Parhez keksalar uchun zararli
AQSHlik mutahassislar parhez qilish keksa odamlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aniqlashdi. Keksalarda parhez to‘htatilgandan so‘ng vazn ortish yehtimoli yuqori bo‘ladi. Bu o‘z navbatida yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Besh oy davomida ozish uchun parhez qilgan 112 nafar ayolning ma’lumotlari o‘rganib chiqildi. Tekshiruvlar natijasida tana vazni kamaygach, arteriya bosimi, xolesterin va qondagi shakar miqdori ko‘rsatkichlari me’yoriga kelgani aniqlandi. Lekin parhezdan keyin yana vazn ortishi kuzatilib, keksalarning ahvoli avvalgidan ham ko‘proq yomonlashgan.
Tadqiqotchilar tana vaznini uzoq muddatga kamaytirish mexanizmini yaxshiroq o‘rganib chiqish uchun yana qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish zarurligini aytishmoqda.
Mirjalol Madvaliyev
tayyorladi.