IKKI AVLOD UCHRASHUVI

Sog‘lom avlod uchun” Hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasining 20 yilligi va 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Olmazor tuman hokimligi, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi, tuman xalq ta’lim muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi tayanch maskani hamkorligida kuni kecha 28-maktabda “Sog‘lom avlod uchun” ordeni sohiblari, el hurmatiga sazovor bo‘lgan, o‘zlarining fidokorona mehnatlari bilan yurtimizning ravnaqiga hissa qo‘shgan faxriy ustozlar bilan “Ikki avlod” uchrashuvi o‘tkazildi.

Tadbirda mehnat faxriylari bilan o‘zaro fikr almashinib, ularning hayoti davomida erishgan yutuqlari va tajribalari haqida iliq gaplar aytildi. Dildan o‘tkazilgan bunday suhbatdan so‘ng esa tadbir musiqiy dasturga ulanib ketdi. Bunday maroqli va xayr­li tadbirdan yig‘ilganlar mamnun bo‘lishdi.

Tadbir so‘nggida qatnashchilarga “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi tayanch maskanining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Iroda USMONOVA,

2-Respublika tibbiyot kolleji o‘quvchisi

Yana o‘qing:  Salomatlik yo‘lida safar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: