Suvning yana bir foydali tomoni

Kaliforniya universitetida oddiy ichimlik suvining inson organizmiga ta’siri o‘rganib chiqildi. Olimlarning fikricha, suv aqliy salohiyatni o‘stiradi va bosh miya retseptorlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Lekin uni qat’iy belgilangan vaqtlarda ichish tavsiya etiladi. Nonushtadan keyin yarim stakan suv ichish ovqat hazm qilinishini va fikrlash faoliyatini ham yaxshilaydi.

Olimlar 30 nafar yosh, sog‘lom odamdan ikkita guruh tuzdi. Birinchi guruh a’zolari muntazam ravishda nonushtadan so‘ng yarim stakan suv ichib turishdi.

Qatnashchilarning aqliy salohiyatini aniqlash uchun mashqlar topshirildi. Natijada, aynan birinchi guruh ishtirokchilari topshiriqlarni yaxshi bajargani ma’lum bo‘ldi. Mutahassislar suv bilan aql-zakovat darajasi o‘rtasida bog‘liqlik borligini aytishdi. Lekin suvni haddan tashqari ko‘p ichish qovuq va buyrak kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Mirjalol Madvaliyev

tayyorladi.

Yana o‘qing:  Ortiqcha vazndan xalos bo‘lishda 10 ta eng yaxshi mahsulot

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: