Biz noto‘g‘ri tanovul qiladigan 7 mahsulot

Oziq-ovqat mahsulotlarining yuqori darajadagi samarasini bilish uchun sizga sevimli mahsulotlaringizning sirini ochamiz.

Brokkoli

Brokkoli karamida saraton hujayralarini o‘ldiruvchi moddalar mavjud. Ammo uni qaynatish yohud dimlash chog‘ida brakkolining foydali xususiyatlari kamayadi. Shu sabab uni hech qanday qaynatish, dimlash va pishirish maqsadga muvofiq emas. Karamni tayyorlash jog‘ida yupqa tilim qilib kesib sabzavotlardan salat tayyorlash tavsiya qilinadi. .

 

Qulupnay

Qulupnay xarid qilgach, uning bandini olib tashlashga  shoshilmang. Uning aynan shu qismi olib tashlanishi natijasida qulupnay tarkibidagi S vitamini yo‘qotiladi. Mazkur mevani pishish mavsumida xarid qilganngiz maqul.

 

Qora choy

Qora choyni sut bilan iste’mol qilmang. Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra choydagi katexin moddasi yurak- qon tomir tizimi kasalliklarida o‘ziga xos foydali ahamiyatga ega. U sutdagi oqsil bilan aloqaga kirishgach esa, o‘zidagi faollikni va o‘zlashtirish qobiliyatini yo‘qotadi.

 

Sarsabil

Uning foydali xususiyatini saqlash uchun qasqonda yoki tobada qizartirib olgan ma’qul. U biroz yumshoq va qarsildoq holatda pishishi kerak. shunda uni tarbida vitaminlar yo‘qotilmaydi. Undan sous tayyorlab sho‘rvaga qo‘shish mumkin.

 

 Sarimsoqpiyoz

Maydalangan yoki ezilgan sarimsoqpiyoz tishchalaridan  allitsin moddasi ajralib chiqadi. U saraton hujayralari, bakteriya va zamburug‘larning o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. Sarimsoqpiyozning o‘ziga xos foydasini bilish uchun uni ezib 10 daqiqa qo‘yib qo‘ying. Bu vaziyatda allitsin undan ajralib chiqadi. Endi uni go‘sht, salat yoki sho‘rvaga qo‘shish mumkin.

 

Pomidor

Ma’lumki, pomidor tarkibida likopin, antioksidant moddasi mavjud. Mazkur modda ateroskleroz xastaligini oldini oluvchi vosita sanaladi va u qon-tomirlar faoliyati buzilishini himoyalaydi. Uning o‘ziga xos foydali xususiyatini saqlab qolish uchun unga issiq ishlov berish kifoya. Ya’ni qaynatish, qovurish, qizartirish maqsadga muvofiq.

 

Yorma va dukkakli o‘simliklar

Qayta ishlanmagan va qurutilgan dukkakli mahsulotlar yuzasi fitatalar bilan qoplangan. Ya’ni ular  vitamin va minerallar bilan o‘zaro aloqaga kirishuvchi antioksidantlar bo‘lib, ular mahsulotni organizmga butunlay singishiga to‘sqinlik qiladi.

Vaziyatdan chiqish yo‘li oson – kechki payt (yoki pishirishda 2 soat oldin) yorma yoki dukkakli mahsulotlarni suvda ivitib qo‘ying.   Birinchidan u mahsulot sirtidan fitatalarning xalos bo‘lishiga ko‘mak bersa, ikkinchidan me’da-ichak faoliyatida hazm bo‘lish jarayonini osonlashtiradi.

Yana o‘qing:  Sun’iy qon ustidagi tajriba

Yoqimli ishtaha!

 

Xurshida HUSENOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: