Sabzi insultga qarshi
Sabzi – soyabon guldoshlar oilasiga mansub ikki, qisman bir yillik o‘tsimon o‘simliklar turkumi, sabzavot ekini. Sabzavotning 60 dan ortiq turi bor. Bir turi – madaniy sabzi ekiladi. Bu tur g‘arb va Osiyo kenja turiga bo‘linadi. Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda karotinli navlari yetishtiriladi. Dehqonchilikda miloddan avvalgi 2 ming yillikdan ma’lum. Xitoy, Fransiya, Italiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda ko‘p ekiladi. Sabzida 10–12 foiz qand, 9,2 foiz uglevodlar, 1,1 foiz azotli moddalar va S, V, V2, RR vitaminlari, 9,0 mg foiz karotin bor. Sabzi inson oziq-ovqat ratsionida muhim o‘rinda turadi. Xashaki navlarining ildizmevasi rangi oq, asosan, chorvachilikda ozuqa sifatida ishlatiladi. Oziq-ovqat va shirali ozuqa sifatida, shuningdek, boshqa mahsulotlar olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Sabzi bir yilda 3 marta ekiladi. Ertagisi fevral oxiri – mart boshlarida, yozgisi 15 iyun – 15 iyulda, qishkisi noyabr oxiri – dekabr boshlarida ekiladi.
Bu sabzavot tarkibida S, V, V2 darmondorilari va 9,0 mg foiz karatin mavjud. Yana undagi beta-karatin inson organizmga tushgach jigarda A vitaminiga aylanadi. Bu esa radopsin-asosiy ko‘rish piglentiga ijobiy ta’sir etadi. O‘z navbatida radopsin tunda ko‘zning yaxshi ko‘rishini ta’minlaydi va yoshga doir makulyar distrofiya(ko‘zning zaif ko‘rishi)ning oldini oladi. Shuningdek, sabzini xomligicha yoki undan turli salatlar tayyorlab iste’mol qilish o‘pka, ko‘krak va ichak saratonining oldini oladi. Bandan tashqari rang-barang bu sabzavot qarishni sekinlashtirib, terini yoshartiradi. Kuchli antiseptik bo‘lgan sabzi infeksiyalarga qarshi kurashishda imunitetni mustahkamlaydi. Organizmni ortiqcha xiltlardan tozalaydi. Yurak kasalliklarining oldini olishga sabab karotinga boy parhez qonda xolesterin miqdorini kamaytiradi. Chunki, uning tarkibidagi eruvchan tolalar o‘t suyuqligidagi kislotalar bilan birikib, uning me’da-ichak tizimidan chiqib ketishiga ko‘maklashadi. Garvard universiteti olimlari to‘satdan miyaga qon quyilishi-insultlarning oldini olishda hafta davomida kuniga bittadan mazkur sabzavotdan iste’mol qilish zarur deyishmoqda.
Gulnoza Egamberdiyeva