“O‘zshahar qurilish invest” kompaniyasi tashkil etiladi
O‘zbekiston Prezidentining 13 yanvardagi qarori bilan “O‘zshahar qurilish invest” respublika ixtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasini tashkil etish tasdiqlandi. Unga 2017–2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p xonadonli uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi bo‘yicha arzon ko‘p xonadonli uylarni to‘liq tayyor holda foydalanishga topshirish sharti bilan qurish va rekonstruksiya qilish vazifasi yuklatiladi.
“Sog‘lom avlod” muxbirlari xabarlari va internet materiallari asosida tayyorlandi