Oliy Majlis Senati a’zosi saylovi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 21 yanvar kuni Chirchiq shahridagi “Kimyogarlar” madaniyat saroyida Xalq deputatlari Toshkent viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa Oliy Majlis Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, Toshkent viloyati hokimi, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi Shukurullo Boboyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib saylandi.