Harakatsizlik qarish jarayonini tezlashtiradi

Bir kun davomida 10 soatdan ko‘proq vaqtini bir joyda o‘tkazadigan, kam harakat qiladigan yoshi katta ayollarda keksaygan hujayralar miqdori harakatchan ayollarnikiga nisbatan ko‘p bo‘ladi. Kaliforniyalik tadqiqotchilar tekshiruvlar asosida shunday xulosaga keldilar. Bir kunda 10 soatdan ortiq vaqtini xarakatsiz holda o‘tkazadigan keksa ayollarda xromosomalarni zararlanishdan himoya qiladigan telomerlar miqdori kam bo‘ladi.

Bir hujayra qarib borgani sari uning tarkibidagi telomerlar ham qisqarib, keksaya boshlaydi, semizlik, chekish kabi omillar esa bu jarayonni yanada tezlashtiradi. Telomerlarning qisqarishi diabet, saraton, yurak-qon tomir kasalliklari kasalliklari xavfini oshiradi.

Tadqiqotda 64 yoshdan 95 yoshgacha bo‘lgan 1500 nafarga yaqin ayol qatnashdi. Ishtirokchilarning o‘ng oyog‘iga harakat tezligini o‘lchovchi moslama o‘rnatildi. Tajriba bir hafta davom etdi.

“Uzoq vaqt bir joyda o‘tiradigan ayollar agar kuniga yarim soatdan oshiqroq vaqtini jismoniy mashg‘ulot bilan o‘tkazsa, telomerlar qisqarishi yuz bermaydi. Jismoniy mashg‘ulotlarni yoshligimizdan boshlashimiz kerak va ulg‘ayib borganimiz sari mashg‘ulotlarni hayotimizning har kunlik qismiga aylantirishimiz zarur”, deb ta’kidlaydi olimlar.

 

Mirjalol Madvaliyev

tayyorladi.

Yana o‘qing:  Bosh miya qon tomir kasalliklari: nasliy moyillik mavjudmi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: