Tibbiy ko‘rikka oid nizomga o‘zgartirishlar kiritildi

Yo‘nalishga chiqish oldidan avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish hamda yo‘lovchilar, bagaj va yuklar tashuvlarini amalga oshiradigan haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida qaror qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi saytida ma’lum qilingan.

Ushbu qarorni O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qabul qilgan.

Qarorning to‘liq matni bilan ushbu manzilda, Nizom matni bilan esa mana bu manzilda tanishishingiz mumkin.

Yana o‘qing:  Og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘zbekistonda o‘tkaziladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: