Yangi bakteriya dunyoni tozalaydi
Yaponiyalik olimlar plastik jismni yemira oladigan yangi bakteriya turini aniqladilar. Bu bilan ekologiyaga zarar yetkazayotgan plastik chiqindilar muammosi hal etilishi mumkin.
Olimlarning fikricha, ushbu bakteriya plastikning juda keng tarqalgan turi – poliyetilentereftalatni to‘liq yo‘q qila oladi. Plastikning bu turi shisha idishlarni qadoqlash uchun ishlatiladi. Mazkur kashfiyot ekologiya uchun muhim yangilik hisoblanadi. Bugungi kunda plastik chiqindilar dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida katta muammo sanaladi. 2050 yilga borib, ummonlardagi plastik chiqindilar baliqlardan ham ko‘payib ketishi mumkin, degan taxminlar ham yo‘q emas.
Manba: uznature.uz