Kitoblar – tarix guvohlari

“Tarixiy Rashidiy” kitobini o‘qib…

Insonga eng yaxshi sovg‘a mening nazarimda kitobdir. Zero, yaxshi kitob o‘qish mobaynida inson ma’naviy hordiq chiqarish bilan birga, yangi-yangi bilimlarni o‘rganadi. Ayniqsa, bu tarixiy kitob bo‘lsa, u bizga o‘z tariximiz va ajdodlarimiz to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishimizga yordam beradi. Yaqindagina menga sovg‘a qilingan ana shunday kitoblardan biri “Tarixi Rashidiy” kitobi bo‘ldi.

Bu kitobni menga Bobur jamg‘armasi rahbari, Bobur va boburiylar haqida dunyo kutubxonalaridan ma’lumot olib kelib, o‘zbek tiliga tarjima qildirib ushbu kitoblarni minglab nusxalarda chop ettirayotgan inson Zokirjon Mashrabov sovg‘a qildi. Bu inson O‘zbekistonga Bobur xokining qaytarib olib kelinishi va Andijonda maqbara bunyod etilishiga bosh-qosh bo‘lgan.

Kitob juda serhasham, chiroyli qilib ishlangan edi. Tarixchi olim bo‘lmasamda uni diqqat bilan o‘qib chiqdim. Kitobda Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixiga oid bir-biridan qiziq ma’lumotlar e’tiborimni tort­di. Muallif tarixiy shaxslarning ismi-shariflari, tug‘ilgan sanalari, erishgan zafarlari yoki yo‘l qo‘ygan xatolari haqida batafsil bayon qilgan.

Boburning jiyani Muhammad Haydar Mirzo “Tarixi Rashidiy” nomli kitobida Tug‘liq Temurxon davridan Humoyun podshoh davrigacha bo‘lgan urush silsilalari, jangu jadallar, hiylayu nayranglar bir-bir bayon qilinadi.

Men ushbu kitob orqali o‘sha davrdagi Markaziy Osiyo tabiati, ob-havosi, bog‘u rog‘lari, daryolar, tog‘u cho‘llari, hayvonot va nabotot olami haqida o‘zim kutgandan ham ortiq ma’lumotlarga ega bo‘ldim.

Kitobda Andijon, Farg‘ona, O‘zgan, Yorkand, Samarqand, Oqsuv, Axsikat, Koson kabi shaharlar juda ko‘p tilga olingan. Ayniqsa, Andijon, Oqsuv va Farg‘ona muallif tomonidan juda ko‘p va xo‘p ta’riflangan.

Shuningdek, asarda o‘sha davr rabotlari haqida ham bir qancha muhim ma’lumotlar bor. Kitobda ularning ayrimlari juda obod bo‘lsa, ba’zilari oddiy, kechalari yo‘lovchilar tunaydigan makon ekanligi bayon qilinadi. E’tiborlisi, shu davrdan qolgan tosh rabotlar hozirgacha saqlanib qolingan.

Xullas, ushbu qimmatbaho kitobni qaysi soha mutaxassisi mutolaa qilmasin o‘zi uchun zarur ma’lumotlarga ega bo‘ladi.

Yana o‘qing:  Xalqaro ko‘rgazma ochildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: