Sog‘lom bo‘lish uchun tunda ovqatlanmaslik kerak

Amerikalik tadqiqotchilar aniqlagan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rta yoshli odamlar sog‘lom bo‘lish uchun yuqori kaloriyali ovqatlarni kamroq yeyishi va tunda ovqatlanmasliklari kerak. Bu saraton, diabet, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi, keksayish jarayonini sekinlashtiradi.

Tadqiqotchilar makaka-rezus maymunlarida sinov tajriba o‘tkazishdi. Bu turdagi maymunlarning geni odamnikiga 93 foiz o‘xshash bo‘ladi. Bundan tashqari ushbu hayvonlarning anatomik, fiziologik, nevrologik, endokrinologik, immunologik jihatlari ham odamnikiga mos keladi.

Birinchi tadqiqotni 2009 yilda Viskonsin universiteti olimlari o‘tkazgan. Tajribadagi maymunlarga kechki soat beshdan kunduzgi sakkizgacha ovqat berilmaydi, shu bilan birga yemishning kaloriyalilik darajasi 20 foizga qisqartiriladi. Natijada bu maymunlarning umri boshqalarinikiga nisbatan 9 yilga uzayadi (makaka-rezus maymunlarining o‘rtacha umri 26 yil). Shuningdek, ular saraton, diabet, yurak-qon tomir kasalliklariga kam chalinadi. Shundan so‘ng tadqiqotchilar ovqat kaloriyasi miqdorini kamaytirish keksayish jarayonini sekinlashtiradi, degan xulosaga keldi. Lekin ular bu tartibda ovqatlanishni yoshlik davridan emas, 30 yoshdan keyin boshlash kerakligini ta’kidlashdi. Bunday rejimga o‘tish ayniqsa erkaklar uchun muhim, chunki o‘rta yoshdagi erkaklarda vazn ortishi ayollarga qaraganda ancha ko‘p uchraydi. Ortiqcha vazn esa diabet va yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqaradi.

 

Mirjalol Madvaliyev

tayyorladi.

Yana o‘qing:  Kech uxlaydigan kishilar erta yotadiganlardan aqlliroq ekanligi aniqlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: