Loviyali salat

Loviya dukkaklilar oilasiga mansub. Ayni paytda uning 200 dan ortiq navlari mavjud.

Loviya tarkibida sellyuloza, magniy, temir, rux, V1, V6 vitaminlari bor. Qizil loviyaning 100 grami 25 gramm klechatkaga ega. U insonni to‘q saqlaydi, o‘smalar chiqishining oldini oladi, tanadagi zaharzi moddalarni haydaydi. U sizni quvvat bilan ta’minlasa ham kaloriyalari sizni semirtirmaydi. Shu bilan birgalikda u immunitetni hamda asab tizimini mustahkamlaydi. Quyida loviya qo‘shilgan ajoyib salatni tayyorlanish usuli bilan tanishtiramiz.

Zarur mahsulotlar: 200 gr. bodring, 5 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, ta’bga ko‘ra tuz, 3 bo‘lakcha sarimsoqpiyoz, 400 gr. tovuq lahmi, mayonez, 150 gr. non, 300 gr. loviya.

Tayyorlanishi: dastlab go‘sht qaynatib olinadi. So‘ng pishgan go‘sht va non to‘rtburchak, bodringlar esa uzunchoq shaklda to‘g‘raladi. O‘simlik yog‘iga maydalangan sarimsoqpiyoz va non solinib, tilla rangga kirgunga qadar qovuriladi. So‘ngra, loviya, go‘sht, bodring hamda qotirilgan non bo‘lakchalari aralashtirilib, salat tuzi rostlanadi. Oxirida ta’bga ko‘ra mayonez solib, yaxshilab aralashtiriladi. Agar konservalangan loviya bo‘lmasa, o‘rniga qaynatilganidan foydalansa ham bo‘ladi.

 

BEGOYIM

Yana o‘qing:  Aqlli ayolga uylangan erkaklar uzoq umr ko‘rishi aniqlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: