Yilning eng yaxshi kurashchilari aniqlandi

Kurash xalqaro assotsiatsiyasi 2016 yil yakunlariga ko‘ra turli nominatsiyalar bo‘yicha yilning eng yaxshilarini e’lon qildi.

O‘tgan yil kurash bo‘yicha yorqin voqealarga boy bo‘ldi. Xususan, Vyetnamning Danang shahrida o‘tkazilgan V Osiyo sohil o‘yinlarida ushbu sport turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Suhrob Xudoyberdiyev mazkur musobaqada ko‘rsatgan mahorati, chiroyli usullarni qo‘llagani uchun Kurash xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan “Yilning eng yaxshi texnika sohibi” deb e’tirof etildi.

Hindistonning Kochchi shahrida yigirma yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar o‘rtasida kurash bo‘yicha VIII jahon chempionati o‘tkazildi. Mazkur nufuzli musobaqa “Yilning eng yaxshi chempionati”, deb topildi.

Eronlik Mustafo Dalirian “Yilning eng yaxshi erkak kurashchisi”, Xitoy Taypeyi vakilasi Li Van Ting “Yilning eng yaxshi ayol kurashchisi”, Dominikan Respublikasidan Algimedez Ortiz Kruz va Janubiy Afrika Respublikasi vakilasi Xenriyett Moller “Yilning eng yaxshi hakam”lari, Janubiy Koreya terma jamoasi murabbiyi Sun Jun Kyun “Yilning eng yaxshi murabbiyi”, Kongo Respublikasi kurash assotsiatsiyasi “Eng yaxshi milliy federatsiya”, Panamerika kurash ittifoqi “Eng yaxshi qit’a federatsiyasi”, deb topildi.

 

T. ORTIQOVA

 

Yana o‘qing:  O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan dorilar narxlariga chegaralar belgilandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: