“Hikmatlar yo‘lini tutgil…”
Tashnalikka oz sovuq suv bo‘lgay davo,
Iliq suvning ko‘pligi ham bermas shifo.
Ichkilikka muzni ko‘p ishlatgan yomon.
Chunki, andin asablaring topgay ziyon.
Suv ichmagil esing bo‘lsa yegach taom,
Tashna bo‘lib chiqqach hatto tushib hammom.
Zarurat gar talab etsa, kuysa yurak,
Shundagina suvni tanovvul et andak,
Barcha taom yo‘l topdimi hazmi tomon,
Asta-sekin past qoringa tushgan zamon.
Mayli, shunda ichking kelsa suv va sharob,
Qonguncha ich, to‘yguncha ich, bo‘lsa serob.
Abu Ali ibn Sino
Ovqatning ko‘p-kami sog‘ligim xarob-
Qilmasun deganlar, me’yorda yer.
Abdurahmon Jomiy
Sihat tilasang kam ye,
Izzat tilasang kam de.
…
Oz yegan oz yiqilur.
Alisher Navoiy
Hikmatlar yo‘lini tutgilu mahkam,
Achchiq narsalardan kam ye, juda kam.
Ko‘p yesang tezgina qarib qolasan,
Kuch-quvvat yo‘qolib charchab tolasan.
Agar o‘z joningga bo‘lmasang dushman,
Sho‘r narsalardan kam ye, kam yegil san.
Ko‘p yesang badaning ozib ketadi,
Ravshan ko‘zingga ham nuqson yetadi..
Hikmat qonunidan bo‘yin tovlama,
Shirinlik ko‘p yema va so‘rog‘lama.
Harorat ko‘payib undan o‘sha on.
Joning og‘rib, yurak bo‘lur notavon.
Qovun bilan birga yemagil asal,
Gar yesang albatta bo‘lursan kasal.
Anjir bilan sutni aralash qilma,
Zarardan o‘z-o‘zing bag‘ringni tilma.
Yema momaqaymoq bilan sarimsoq,
Ham tovuq tuxmiga qo‘shmagin pishloq.
Uzum birla kalla go‘shtini zinhor,
Birga qo‘shib hech vaqt qilma ixtiyor.
Har kimki qatiqqa baqlajon qo‘shar,
Kasallik domiga albatta tushar.
Hikmatni har kimsa bilsa oz-moz,
Kaptar go‘shti bilan yemagay piyoz,
Bedana bilan ham yemoq joizmas,
Yesang undan zarar oz emas.
Sog‘liging yo‘liga qo‘yibsan qadam,
Sut bilan baliqni aylama hamdam.
Senga aytsam undan beshak, begumon,
Qorason kasali bo‘lur namoyon.
Yusufiy
Maqsadni hosil qilolmas bemashaqqat hech kishi,
Toki chekmay ochlikni na bilur non qadrini
Huvaydo
Salomat G‘OYIBNAZAROVA tayyorladi.