Biotexnologiyadagi kashfiyotlar amaliyotga tatbiq etilmoqda, —

deydi biologiya fanlari doktori, professor Shohista Toshmuhamedova

Hozirgi kunda fanning biotexnologiya yo‘nalishi tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Ayniqsa, uning zamonaviy analitik yo‘nalishlari alohida o‘rin egallaydi. Biotexnologiya fanining analitik yo‘nalishlari orasida immunobiotexnologiya sohasi bugungi kunda qishloq xo‘jaligida chorva mollariga tashxis qo‘yishda, o‘simlik viruslarini aniqlashda, shuningdek farmatsevtikada va ayniqsa, tibbiyot sohasida turli yuqumli kasalliklarni aniqlashda muhim sanaladi.

Bu o‘rinda O‘zMU “Biotexnologiya va mikrobiologiya” kafedrasida o‘zim olib borayotgan va qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalarga qisqacha to‘xtaladigan bo‘lsak, shuni aytib o‘tish lozimki, ilmiy tadqiqotlar natijasida hozirgi kun talabiga javob bera oladigan sezgirlik darajasi yuqori bo‘lgan biferment immunoenzim tahlili ishlab chiqildi. Ushbu usul asosida turli yuqumli kasalliklarni, shuningdek bugungi kun muammosiga aylangan OITS kasalligini ham aniqlash mumkin.

– Yuqorida aytib o‘tganimdek sezgirlik darajasi yuqori bo‘lgan immunoenzim tahlilining bir necha xil usullari mavjud bo‘lib, bular orasida biferment, ya’ni ikki ferment molekulasi ishtirok etadigan usul alohida o‘rin tutadi. Ushbu biferment usulda, birinchi ferment molekulasini antitana yoki antigen bog‘lab, kon’yugat sintez qilinadi. Ikkinchi ferment esa liposomalarga kiritiladi. Liposomalar bir necha yog‘ qatlamidan tashkil topgan yumaloq shakldagi vezikulalardir. Uning ichiga kiritilgan ferment yoki boshqa biologik faol moddalar o‘z xususiyatlarini uzoq muddat saqlab turish mumkin.

– Ushbu ishlab chiqilgan immunoenzim tahlilini tibbiyot sohasidan tashqari, yuqorida qayd etganimdek qishloq xo‘jaligida, atrof-muhit va turli mahsulotlar sifatini monitoringida biologik faol moddalarni barqaror formalarini olishda, shuningdek, gen muhandisligi sohasida, genoterapiyada keng qo‘llash mumkin. Chunki, hozirgi kunda gen muhandisligi tez sur’atda rivojlanayotganligi sababli, ko‘pchilik kasalliklar genetik jihatdan o‘rganilmoqda. Ayrim irsiy kasalliklarni aniqlashda va ularni davolashda liposomalarga kiritilgan genlardan keng foydalanilmoqda. Shu sababli, noqulay sharoitda o‘z xususiyatini uzoq muddat saqlaydigan barqaror liposomalarni olish bugungi kun talabiga aylandi. Aynan kafedramizda olingan ushbu liposomalarni nafaqat liposomal immunoenzim tahlilida, balki genoterapiyada ham qo‘llash mumkin.

Yana o‘qing:  KARAM SARATONNI YeNGISHDA YORDAM BERADI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: