Yangi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning “Tanlangan asarlar”, uning qoraqalpoq tilida nashr etilgan “Ruhlar isyoni” dostoni va adabiyotshunos R. Inog‘omovning “Shoirlik qismati” kitoblari taqdimoti o‘tkazildi. Unda adabiyotshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, talabalar ishtirok etdi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori A. Marahimov, O‘zbekiston xalq shoiri A. Obidjon, “Yoshlik” jurnali bosh muharriri N. Jonuzoq va boshqalar Erkin Vohidovning ijodiy merosi yoshlarning ma’naviy olamini boyitish, adabiyotga qiziqishini uyg‘otish va ularni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Bunday ezgu ishlarda shoir ijodini keng ommaga tanishtirish va u yaratgan asarlarni nashrga tayyorlash mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan nashriyotlarga katta mas’uliyat yuklaydi.

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tardi, – deydi O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo. – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi mazkur hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Unga ko‘ra, yoshlarning kitobxonlikka qiziqishini oshirish maqsadida shoir va yozuvchilar, ijodkorlar bilan uchrashuvlar hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar birgalikda tashkil etiladi.

Erkin Vohidovning “Tanlangan asarlar” kitobi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Ijod” jamoat fondi tomonidan nashrga tayyorlanib, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasida chop etildi. Shoirning qoraqalpoq tilida nashr etilgan “Ruhlar isyoni” dostonini Nukusdagi “Bilim” va adabiyotshunos R. Inog‘omovning “Shoirlik qismati” kitobini “Mashhur-press” nashriyotlari chiqardi.

 

Nasiba Ziyodullayeva,

O‘zA

Yana o‘qing:  O‘g‘il-qizingizning gaplarini eshitasizmi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: