Immunitet pasayishi xastalikka yo‘l ochadi

Har bir kasallikning boshlanishi avvalo organizmning umumiy holsizligi yoki immunitetning pasayib ketishidan kelib chiqadi. O‘z sog‘lig‘imizga e’tiborsizligimiz xastaliklarning surunkali kechishi va og‘ir asoratlarga sabab bo‘ladi.

Quyida sistit kasalligi va uni o‘z vaqtida davolamaslik qanday asoratlarga sabab bo‘lishi xususida Jizzax viloyati Do‘stlik tuman Tibbiyot birlashmasi Shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi oliy toifali jarrohi, tibbiyot fanlari nomzodi Ilhom Umrzoqovga murojaat etdik.

Sistit – bu siydik pufagining yallig‘lanish jarayoni bo‘lib, kasallik birlamchi va ikkilamchi, o‘tkir va surunkali turlarga bo‘linadi. Xastalik qovuqqa turli infeksiyalar tushishi sababli ro‘y beradi. Ko‘pincha o‘tkir sistit erkaklarga qaraganda ayollarda ko‘proq uchraydi. Chunki, ayollarning siydik chiqarish yo‘li (uretra) kengroq va kaltaroq bo‘ladi. Shu sababli qovuqqa infeksiya tushishi osonroq. Yana uretraga yaqin joyda qin va to‘g‘ri ichak joylashgan. Bu ham ko‘pgina mikroorganizmlar faoliyati uchun keng yo‘l ochib beradi. Aksariyat holatlarda sistit homiladorlik yoki tug‘ruqdan keyingi davrda kuzatiladi.

Homiladorlik davrida homila rivojlanib borgani sayin katta va kichik chanoq sohasida qon aylanishi biroz qiyinlashadi. Organizm bir kishi uchun emas, endi homiladorlik davrida ikki jon uchun faoliyat yuritadi. Homila kattalashgan sayin bachadon qovuqni bosadi va bo‘lajak onaning tez-tez peshobi qistaydi. Tug‘ruqdan keyingi davrda yangi bo‘shangan ayolning immuniteti past bo‘ladi va u tez infeksiyalarga chalinishga moyil bo‘ladi. Buning asosiy sabablaridan biri patologik mikroorganizmlar streptokokk, stafilakokk, ichak tayoqchalari va ayrim vaqtlarda jinsiy yo‘l bilan yuquvchi infeksiyalar sababli, ya’ni so‘zak, trixomonoz kabi kasalliklar ham qo‘zg‘atish mumkin.

Birlamchi sistit boshqa a’zolardagi infeksiya yuqori siydik yo‘llari yoki uretradan qon va limfa yo‘llari orqali qovuqqa o‘tishi natijasida paydo bo‘ladi. Bunga shuningdek, organizmning sovqotishi, spirtli ichimlik ichish, kashandalik va giyohvand moddalarni iste’mol qilish, qabziyat(ich qotishi), markaziy asab tizimi faoliyatining buzilishi ham sabab bo‘ladi. Ikkilamchi sistit (ko‘pincha surunkali kechadi) qovuqda tosh, yot jism­lar, o‘sma bo‘lganda, qovuq sili, prostata bezining o‘smasi oqibatida yuzaga keladi. Shuningdek, ba’zi dorilar, zaharli moddalar bexosdan ichilgandan ham sistit kuzatilishi mumkin. Endi o‘tkir sistitlarni klinikasiga kelsak doim yallig‘lanish jarayonida qovuq sohasida og‘riq bo‘ladi. Bemorni tez-tez (har 10-15 daqiqada) zahartang qiladi. Xasta kishi peshob chiqarganda qovug‘i achishib og‘riydi. Og‘riq ayniqsa, zahartang qilganda (peshob qistasa) va undan keyin zo‘rayadi. Qovuq sohasida lovullash, achishish, ba’zan siydikda qon va yiring paydo bo‘ladi. Yallig‘lanish qo‘shni a’zolarga o‘tganda (piyelonefrit, uretrit va hokazo) tana harorati ko‘tariladi. Sistitning o‘tkir turida bemor to‘liq davolanmasa xastalik surunkali turga o‘tib ketishi mumkin. Bemorning uzoq vaqt tez-tez peshobi qistab qovug‘ida og‘riq bezovta qiladi. Kasallikni aniqlashda siydik tahlili, sistoskopiya, sistografiya, ultratovush tekshiruvlari o‘tkaziladi. Xastalik profilaktikasida birinchi navbatda turli infeksiyaning oldini olish kerak. Bu infeksiya qon orqali o‘tib siydik pufagiga yetib borishi mumkin. Bemorning umumiy ahvoli va kasallik belgilariga qarab davo chora-tadbirlari belgilanadi. Birinchi navbatda profilaktika, ikkinchidan shifokor tavsiyasi bilan antibiotiklar va og‘riq qoldiruvchi dorilarni qabul qilish ko‘p miqdorda iliq suyuqlik ichish, shifobaxsh giyohlar yoki isiriqdan vannalar, fizioterapevtik mulojalar buyuriladi. Xastalikning o‘tkir turida bemor yotib davolanishi, shamollashga yo‘l qo‘ymasligi zarur. Bemor faslga mos kiyinishi va oyog‘ini issiq saqlashi shart. Shuningdek, immunitetni mustahkamlash zarur.

Yana o‘qing:  O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI

Iroda TURDIYEVA,

O‘zDJTU talabasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: