Qutlug‘ fazilatning yo‘li saodatli bo‘ladi

Zayniddin o‘g‘lim, – yurtimiz jannatmonand yurt. Uning serunum tuprog‘iga cho‘p suqsang daraxt unadi. Sitrus meva ko‘chatiga ham to‘g‘ri parvarish berilsa, albatta, u ham yurtimiz boshini bukib hosil beradi.

Bir paytlar qator olimlar O‘zbekiston iqlim sharoitidan kelib chiqib bu yurtda limon ko‘chatini ko‘paytirish u yoqda tursin undan bunday iqlimda hosil olish mumkin emas degan hulosaga kelib turgan bir pallada izlanuvchan olim Faxriddin aka o‘z fikrida qat’iy turib O‘zbekistonda sitrus mevalarini ko‘paytirish sa’y-harakkatida bo‘lgan. Bu yo‘lda izlangan. Afsus ezgu niyatlar o‘tmishning suronli kunlarida amalga oshmay armonga aylandi. Ammo bobo o‘g‘il va nabiralariga orzularini yo‘lchi yulduz, umid va ishonch hissini esa mehnatga undovchi kuch sifatida meros qilib qoldirdi.

Oradan bir qancha yillar o‘tdi. Boboning orzu istagini o‘g‘li Zayniddin ota davom ettirdi. Faxriddin bobo aytgan sitrus mevalar O‘zbekiston sharoitida unib o‘sishi u yoqda tursin, bu mevaning O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan bir nechta serhosil navlari ham yaratildi.

Ota duosini olib ilm yo‘li – yaratuvchanlik, bunyodkorlik yo‘lidan borgan Zayniddin akaning mehnatlari besamar ketmadi. Izlanuvchan olim ilk ishini ko‘chatlarni Transhey usulda parvarishlash uslubini yo‘lga qo‘ydi. Ya’ni yerni chuqurroq qazib 1,5 metr qalinlikdagi turpoqni olib tashlab plyonka bilan o‘ragan holda yangi ko‘chatlardan hosil olishga kirishdi. Ilmiy tajriba maydonidagi limon ko‘chatlari oralab hosil ko‘rina boshlanganda Zayniddin ota ko‘zlarga sevinch yoshlari qalqigan bo‘lsa ajab emas. Zero, bu Faxriddin boboning orzulari, niyatlarining samarasi edi. Zayniddin otaning tashabbuskorligi bois bora bora yurtimizda bu ko‘chatdan hosil olish ommalashdi. 1967 yillarida Xitoyning Miyer naviga Gruziyaning Novogruzin navini chatishtirib yangi Toshkent F1 navini yaratishga muvaffaq bo‘ldi. 1973 yillaridan novoafon va novogruzin navlarini chatishtirish yo‘li bilan F2 lyubileynaya navi yaratildi. Yangi navdan bir yilda to‘rt marotaba hosil olish mumkin. Shu bilan birga bu limonning qalin po‘sti tarkibi 9-12 foiz limon kislotasi bo‘lib, tarkibida ko‘p miqdordagi efir moyi, pektin moddalari bilan boyligi bilan alohida ajralib turadi. Seleksioner Zayniddin otaning qator yillar davomida o‘tkazgan izlanishlari natijasida limonning “F-3”, “F-4”, “F-5” navlari yaratildi.

Yana o‘qing:  TAFAKKURI YUKSAK AVLOD

Ilmdan bir shul’a dilga tushgan on shunda bilursanki ilm bepayon. Buyuk alloma Firdavsiyning aytgan so‘zlari nechog‘lik haq ekanligini biz Faxriddin bobo yaratib ketgan yaratuvchanlik maktabining barhayotliligidan anglaymiz. Zero, ilm sevar, izlanuvchan inson avlodlariga ham o‘zidagi ana shu fazilatlarni meros qilib qoldirdi. Faxriddin boboning o‘g‘illari Zayniddin otadan so‘ng u kishining nabiralari ham bobo ortidan borib bunyodkorga aylandi.

Toshkent davlat agrar universiteti Meva va sabzavot va uzumchilik fakultetini agranom mutaxassisligi o‘yicha tamomlagan Muxammadaziz aka qator yillar o‘z sohasida ishladi, tajriba orttirdi. Bugungi kunda u O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi fizika-kimyo polimerlar institutida ilmiy xodim bo‘lib ishlamoqda. Muhammadaziza aka o‘zi yashayotgan xonadonida tashkil etilgan issiqxonadagi laboratoriyada sitrus o‘simliklarni O‘zbekiston sharoitida yetishtirishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqarish ustidan qator izlanishlar olib bormoqda. Bu borada olim to‘rtta yangi texnologiya yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Ya’ni, tuproq unumdorligini oshirish, limon ko‘chatiga to‘g‘i shakl berish, ekish sxemalariga asosan to‘g‘ri shakl berish, virusli kasallikka qarshi kurashish hisobiga unumdorlini oshirishga erishishdir. Bir paytlar bir tup limon daraxtidan 30-40 kg. hosil olingan bo‘lsa, bugungi kunda yangi texnologiya asosida 150-200 kg. dan hosil olishga erishilyapti.

– Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijasida aynan o‘zbekistonlik olimlari tomonidan yaratilgan F1 va F2 jahon bozorida ekologik toza mahsuloti sifatida birinchi o‘rinni olgani eshitib juda quvondim, – deydi Muhammadaziz aka. – Har gal Qashqadaryolik shogirdlarimizdan bir nechtasi o‘zimizning mahalliy Toshkent F1 navlaridan har bir tupidan yuqori hosil olayotganin xursandchilik bilan xabar berishadi. Limonning aynan ana shu navlari rassiyaning sifatli mahsulotlari tanlovida birinchi o‘rini egallashi yurtimizda bu sohaga qaratilgan yuksak e’tiborning bir samarasidir. Malayziya, Gruziyalik olimlar yurtimizning mehnatsevar, mirishkor olimlari borligiga lol qolishgan. Kubadan kelgan mehmonlar limon plantatsiyalarimiz ko‘p bo‘lishiga qarama haqiqiy limon tamini shu yerda his etdik degan e’tirof ana shu mirishkorlarga berilgan ulkan baho.

Olimlarimiz tomonidan yaratilgan navlarning hosildoriligi, betakror ta’mi, mikroelementlarga boyligiga tan bergan xorijlik mutaxassislar tez-tez bizga murojaat etib turishadi. Tajriba almashish uchun seminarlarga taklif etishadi. Bu o‘zbek olimlarining jahonda o‘z nufuzi va e’tiborga ekanligidan dalolat beardi.

Yana o‘qing:  Kichkintoyning katta g‘alabalari

Muhammadaziz akaning so‘zlariga qaraganda avvallari xorijdan keltirilgan texologiya bo‘yicha hosildorlik yuqori bo‘lgan bo‘lsa, endilikda mahalliy pilla qurti g‘umbagidan olingan xitin xitozan olish orqali qisqa muddatda ko‘chatlarda 28 kunda ildiz oldirish imkonini berayapti. Bu yana bir afzalligi – inson oraganizmiga hech qanday salbiy ta’sir keltirmaydi. Izlanuvchan olim bugugi kunad bir mevadan ham limon, ham apelsin ta’mini beruvchi yangi nav ustida ish olib bormoqda. Bu bir tupdan limon mandarin payvand yo‘li bilan o‘stirilmoqda. U bir paytda gullasa guli biri-biriga o‘tib turib changlanish hisobiga bitta mevada limon va apelsin ta’m beradi. Tajribali olim bu izlanishini mustaqilligimizning 25 yillligi bayramiga baxshida etdi.

Bugungi kunda Davlat restriga “F-1”, “F-2”, “F-3”, “F-4”, “F-5”, “O‘zbekiston apelsini”, “Toshkent mandarini” kiritilib bu navlar jahon bozorida ham ma’lum mashhur. Xorij davlatlari qatori Germaniyada ham o‘zbek olimlarining sitrus mevalarini yetishtirish, yangi nav sinash bo‘yicha izlanishlariga qiziqish katta. Olim shu jihatlarini inobatga olib nemis tilida limon ko‘chatlarining turlari, parvarishi, hosildorlikning oshirishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlari xususida kitob yaratmoqda.

Muhammadaziz aka bir ishning boshidan tutmasin uni oxiriga yetkazmasdan qo‘ymaydi. To‘g‘rirog‘i har bir xayrli ishi murodbaxsh yakun topadi. O‘zgacha bo‘lishi ham mumkinmi zero, el-yurt farovonligi yo‘lidagi yaratuchanlik, bunyodkorlik mudom qutluq va faraxbaxsh bo‘lishi tayin.

Ma’rifat TOLIPOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: