Ssenariylar tanlovi e’lon qilindi

O‘zbekiiston Yozuvchilar uyushmasi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi Harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi badiiy filmlar ssenariylari

tanlovini e’lon qiladi.

 

Tanlovga taqdim etiladigan ssenariylarda:

— zamonaviy harbiy bilimlarni puxta o‘zlashtirgan, hozirgi davr global muammolarini teran anglab, ilg‘or tushuncha va dunyoqarashga ega bo‘lgan yosh askar va zobitlar obrazi;

— vatanparvarlik, burchga sadoqat, mardlik, jasurlik, shijoat kabi insoniy tushunchalar;

— o‘zining hayotini ona Vatan himoyasiga bag‘ishlagan harbiylarning ibratli hayoti va faoliyati, yoshlarga ibrat qilib ko‘rsatsa arziydigan askar va zobitlarning to‘laqonli siymosi;

— yoshlarda harbiylikka havas uyg‘otishga xizmat qiladigan ibratli voqealar;

— mudofaa tizimida harbiylarga yaratilayotgan shart-sharoitlar;

— ona Vatanni sevish, uning sarhadlari daxlsizligini himoya qilish har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligi haqidagi ezgu g‘oyalar kinematografiya talablari asosida, yuqori badiiy saviyada aks ettirilgan bo‘lishi lozim.

Tanlovda  kinodramaturglar, yozuvchi-shoirlar, harbiy-vatanparvarlik mavzusida qalam tebratayotgan ijodkorlar bilan bir qatorda ssenariy yozish borasida yetarlicha tajribaga ega bo‘lgan barcha xohlovchi ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovga ssenariylar 2017 yilning 1 iyuniga qadar qabul qilinadi.

Tanlovda g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

— 1-o‘rin sohibi — eng kam ish haqining 50 (ellik) barobari miqdoridagi pul mukofoti va diplom;

— 2-o‘rin sohibi —  eng kam ish haqining 40 (qirq) barobari miqdoridagi pul mukofoti va diplom;

— 3-o‘rin sohibi —  eng kam ish haqining 30 (o‘ttiz) barobari miqdoridagi pul mukofoti va diplom.

Bundan tashqari, g‘olib deb topilgan ssenariylar asosida “O‘zbekkino” Milliy agentligi Badiiy kengashining qaroriga ko‘ra davlat buyurtmasiga binoan badiiy filmlar ishlab chiqarishga tushiriladi.

Tanlovga taqdim etiladigan ssenariylar belgilangan tartibda mualliflik huquqini himoya qilish idorasi tomonidan ro‘yxatga olingan bo‘lib,  o‘zbek tilida, ikki nusxada, kompyuter yoki mashinkada A-4 formatda, 1,5 intervalda ko‘chirilgan bo‘lishi hamda hajmi 50 sahifadan oshmasligi kerak.

Tanlovga taqdim etilgan ssenariylar taqriz qilinmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.

Manzil: Toshkent shahri, O‘zbekiston ko‘chasi 16a-uy.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar: 227-08-27, 239-29-91.

 

Yana o‘qing:  Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: