She’rlar tanlovi e’lon qilindi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Ijod” jamoat fondi O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining yigirma besh yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bag‘ishlangan harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi eng yaxshi qo‘shiqlar yaratish uchun

 “Posboniman muqaddas yurtning”

she’rlar tanlovini e’lon qiladi.

 

Tanlovga taqdim etilgan she’rlarda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, yosh avlodni milliy g‘urur va mamlakat Qurolli Kuchlariga chuqur hurmat ruhida tarbiyalash va Vatan himoyachisining yangi qiyofasini shakllantirish, “O‘zbekiston – mustaqil Vatanim, milliy armiyam faxrim, g‘ururim!” shiori mohiyati aks ettirilgan bo‘lishi kerak. Shuningdek, bebaho ne’mat bo‘lmish mustaqillikning beqiyos ahamiyatini, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini, ajdodlarimizning ma’naviy merosini va milliy qadriyatlarimizning ijtimoiy hayotdagi rolini vatandoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga yanada chuqurroq singdirish ijodiy ishlarning mazmunini tashkil etishi lozim.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tuzilgan soha mutaxassislaridan iborat hay’at tomonidan ko‘rib chiqilib, g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Tanlovda professional shoirlar bilan bir qatorda havaskor ijodkorlar ham ishtirok etishi mumkin.

Tanlov g‘oliblari quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

– 1 ta birinchi o‘rin – eng kam ish haqining 20 baravari miqdoridagi pul mukofoti va diplom;

– 2 ta ikkinchi o‘rin – har biri eng kam ish haqining 15 baravari miqdoridagi pul mukofoti va diplom;

– 3 ta uchinchi o‘rin – har biri eng kam ish haqining 10 baravari miqdoridagi pul mukofoti va diplom;

– 5 ta rag‘batlantiruvchi sovrin – har biri eng kam ish haqining 5 baravaridagi pul mukofoti va diplom.

Tanlov g‘oliblari ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:

– muallifning arizasi;

– muallifning pasporti nusxasi;

– muallifning yashash manzili va bog‘lanish telefonlari.

Tanlovga she’rlar 2017 yil 1 iyungacha qabul qilinadi.

Murojaat uchun manzil: Toshkent shahri, O‘zbekiston shoh ko‘chasi 16a-uy. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi.

Telefonlar: 227-08-27,239-26-91.

 

Yana o‘qing:  Vaqtni aldab baxtga erishib bo‘lmaydi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: