Endi tishlarni plombasiz davolash mumkin

Endi tishlarning shikastlangan joylarini mustaqil tarzda qayta tiklash orqali plombalardan foydalanishga chek qo‘yish mumkin.

Londondagi Qirollik kolleji jamoasi tideglusib kimyoviy moddasi sichqonlarning tish pulpasidagi hujayralarni va tishdagi kichik teshiklarni mustaqil ravishda davolashga majbur qila olishini aniqladi. Tadqiqotda ushbu usul to‘liq va samarali tabiiy tiklanishga olib kelishi ta’kidlangan.

Tishlarda regeneratsiya (tiklanish) qobiliyati cheklangan bo‘ladi. Agar ichki tish pulpasi ochilib qolsa, odam organizmi qalin tish to‘qimasi – dentin (bevosita emal ostidagi qatlam)dan ingichka tasma yarata oladi. Ammo katta teshiklarni bunday tarzda davolab bo‘lmaydi.

Tidesglusib preparati tish pulpasidagi tana hujayralari faolligini kuchaytiradi. Preparatga botirilgan eruvchan g‘ovaksimon gubka tishning shikastlangan qismiga qo‘yilib, ustidan himoya qoplamasi surilganda u parchalanib boradi va o‘rnini dentin to‘ldiradi.

 

X. HUSENOVA

Yana o‘qing:  Bepushtlikka sabab “tepki”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: