Tarbiya

Richard ShART

 

Sandra bolalarini sirk tomoshasiga yetaklab keldi. Chipta olish maqsadida kassaga yaqinlashdi:

– Olti yoshga yetmaganlarga tekin, kattalarga esa besh dollar.

– Kenjam uch yashar, to‘ng‘ichim esa sakkizga qadam qo‘ydi. Iltimos, bizga 2 ta chipta bersangiz.

Chipta sotuvchi ayol yoshiga nisbatan jussasi kichkina bolakayga qaradi-da, Sandraning rostgo‘yligiga tan berib:

– Xonim, to‘ng‘ichingizning yoshini aytmay, tekinga ichkariga olib kirishingiz mumkin edi. Men hatto buni fahmlamasdim ham, – dedi.

– Ehtimol, lekin o‘zining necha yoshdaligini biladigan bolam gapimning yolg‘onligini darhol ilg‘agan bo‘lardi. Men hozir uning oldida yolg‘on so‘zlasam, ertaga u yolg‘onni suv qilib ichib yuboradigan darajada mug‘ombir bo‘lib ulg‘ayadi. Qush uyasida ko‘rganini qiladi.

 

Rus tilidan Shahnoza RAHMONOVA tarjimasi

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: