Bepul ta’lim olish huquqi: bu ham imkoniyat, ham taraqqiyot demak

Har bir davlatning taraqqiyoti ana shu mamlakatda istiqomat qilayotgan fuqarolarning dunyo – qarashi qay darajada shakllanganligi, ularning savodxonligi bilan o‘lchanadi.

Buning asosini esa ta’lim tizimining qanchalik rivojlangani belgilaydi.

Bosh Qomusimizda ham mamlakatimizda umumiy ta’lim olish bepul amalga oshiriladi, deya ko‘rsatib o‘tilgan. Hozirda yurtimizda 9+3 sxemasi bo‘yicha 12 yillik umumiy majburiy bepul ta’lim tizimi joriy etilgan. Umumta’lim maktabidagi 9 yillik o‘qishdan so‘ng tashkil etilgan akademik litseylar yoshlarga o‘zi tanlagan mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumot olish uchun yanada chuqur bilim egallashiga sharoit yaratish, kollejlar esa maxsus fanlarni o‘zlashtirish bilan bir qatorda, mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan har bir bitiruvchi yigit-qizga o‘z qobiliyatini yuzaga chiqarish va jamiyatda munosib o‘rin topishi uchun turli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta malakali kasb egallash imkonini bermoqda.

Jismoniy imkoniyati cheklangan ayrim fuqarolarning ham bilim olish huquqlari to‘la himoyalangan. Mamlakatimizda ko‘zi ojiz, eshitish qobiliyati past, turli darajada nogiron fuqarolarning ta’lim olishiga mo‘ljallangan maxsus ta’lim muassasalarining samarali faoliyat yuritib kelayotganligi fikrimiz isbotidir. Shuningdek, har bir shahar, tuman, viloyat markazlarida barcha qulayliklarga ega bo‘lgan, zamon talablariga javob beradigan, ilg‘or texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan ta’lim maskanlarining bunyod etilishi, mavjudlari to‘liq kapital ta’mirdan chiqarilib, qayta rekonstruksiya qilinayotganligi ham yurtimizda ta’lim sifatining oshishiga zamin yaratmoqda.

– 2016 yilgi Investitsiya dasturiga ko‘ra mamlakatimizdagi jami 371 ta ta’lim ob’yektlarida qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirilishi belgilangan, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati mutaxassisi Shavkat Xo‘jaqulov. – Shundan 29 tasida yangi qurilish, 239 tasini rekonstruksiya qilish, 103 tasini mukammal ta’mirlash ko‘zda tutilgan edi. Bugungi kunda barcha ob’yektlarda qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlangan. Shuningdek, 2016 yilda umumta’lim maktablarini mebel, o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, sport anjomlari va boshqa jihozlar bilan ta’minlash uchun jami 38,3 mlrd. so‘mlik shartnomalar imzolandi. Bu esa o‘quvchilarning puxta bilim olishlari uchun o‘ziga xos qulayliklar yaratadi.

Darhaqiqat, yangi milliy ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, yangi darsliklar va maxsus o‘quv qo‘llanmalarini yaratish orqali yurtimiz ta’lim jarayonining mazmuni tubdan o‘zgardi.

Shuningdek, umumta’lim maktablari o‘quvchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar olib borilmoqda. Birinchi sinf o‘quvchilari, “Mehribonlik” uylari, maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablarning tarbiyalanuvchilari, shuningdek, kam ta’minlangan oila farzandlarini darsliklar hamda boshqa o‘quv qo‘llanmalari bilan bepul ta’minlash tizimi joriy etildi.

Yana o‘qing:  Ona va bola salomatligi – doimiy e’tiborda

Bir so‘z bilan aytganda, bu qilinayotgan ezgu ishlarning bari mamlakatimiz yoshlarining har tomonlama yetuk va sog‘lom avlod bo‘lib shakllanishi yo‘lida amalga oshirilmoqda.

 

Mayna HASANOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: